72
barmoqlarda bo‘ladigan boshqa yiringli
nekrotik jarayonlarda
uchraydi. Ba’zan gematogen infeksiya (soqov kasalligi, sepsislar)
tufayli yuz beradi.
Kasallik belgilari. Tana harorati 40 darajaga ko‘tariladi, tomir
urishi tezlashadi, hayvon lohas bo‘ladi. Jarohatdan chiqib turadigan
suyuqlik sinovial suyuqligi bilan qo‘shilgan yiringli ekssudatning
quyuq va qotib qoladigan aralashmasidan iborat bo‘ladi. Hayvon
yurganda
qattiq oqsaydi, tinch holatida esa tuyoqning oldingi
qismiga tayanib turadi. Bo‘g‘imni bukib, yozib va rotatsiya qilib
ko‘rilsa qattiq og‘riydi.
Dostları ilə paylaş: