Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
veterinariya jarrohligi

Amaliy mashg‘ulot. 
Hayvonlarda tuyoq kasalliklarini tekshirishda birinchi navbatda 
hayvonning xulqi va o‘ziga xos bo‘lgan boshqa odatlarini (tishlash, 
oldingi oyoq bilan tepish, orqa oyoqlarida tikka turish va 
boshqalar)ga e’tibor berish zarur hisoblanadi va bu veterinardan 
doimiy ravishda hushyorlikni talab qiladi. Orqa oyoqni fiksatsiya 
qilish uchun oldingi oyoqdagi bog‘lamga halqa ilintirib, keyin 
undan uzun arqon o‘tkazib bir uchini bo‘yin yoki dum ildiziga 
bog‘lanadi, ikkinchi uchini ushlab tortilganda oyoq majburan 
yuqori ko‘tariladi. 
Qoramollarning tuyog‘ini amputatsiya qilish. Fiksatsiya. 
Tayyorgarlik. Bir sutka oldin hayvon oyog‘i suvda yaxshilab yuvi-
ladi va himoya bog‘lami qo‘yiladi. Operatsiyadan oldin vodorod 
peroksidi bilan yiringlagan joylarga 
ishlov beriladi. 
Og‘riqsizlantirish (anesteziya). Ney-
roleptika, aylanma yoki o‘tkazuvchan-
lik anesteziyasi qo‘llanadi. 
Operatsiya texnikasi. Oyoqning 
distal qismiga qon to‘xtatuvchi elastik 
jgut qo‘yiladi. Barmoq suyagi ustidan 
amputasiya o‘tkaziladi. Barmoqning 
1-falaj proksimal uchining oldingi to-
monidan operatsiya boshlanib, 2-falaj 
19-rasm. Qoramol barmo-
g‘ining amputatsiyasi: a, b, 
d) kesish nuqtalarining tu-
gash joyi; e) uchburchak teri 
qismining olib tashlanishi 






73 
dorsal tomonning yuqorisida tugatiladi (19-rasm). Teri yuzasi 
o‘rtalig‘idan, yuqoridan pastga qarab kesiladi. Keyin uni yarimoy 
shaklida medial tuyoq oraliq tomoniga uzunasiga hamda loteral 
tomonga qarab kesish davom etadi. Shunga o‘xshash kesish 
barmoqning palmar tomonidan ham vertikal bajariladi. Shunda 
oldingi loteral va medial kesilgan chiziqlar bir- biriga qo‘shiladi. 
Barmoq ustida hosil bo‘lgan teri parchasini proksimal 1-falajning 
yuqori tomoniga va shuningdek, barmoq oraliq yorig‘ining loteral 
tomon chegarasiga qarab teri qavati ajratiladi va uni teskari burab 
qo‘yiladi (20-rasm) va 2-barmoqning dorsal tomonida terini ajra-
tish natijasida uncha katta bo‘lmagan bir parcha uchburchak qoladi. 
20-rasm. Qoramollarda barmoq amputatsiyasi: a) teri parchasini ajratish; b) 1-
barmoq amputatsiyasi tugatilgan; d) amputatsiya cho‘ltog‘iga chok o‘tkazish 
Qon oqayotgan tomirlar o‘z vaqtida bog‘-
lanadi. 1- barmoq suyagining distal qismi 
tekisligicha tushoq, kunjutsimon suyak 
oraliq bog‘lami, panja oraliq bog‘lami va 
panja oraliq yog‘ to‘qimalarini qaychi bi-
lan kesiladi. Keyin tuyoq suyagi arralanadi 
(21-rasm). Oxirida parchalangan to‘qima-
lar olib tashlanadi, tomirlar bog‘lanadi, 
o‘tkir qoshiqcha bilan suyak iligi qirib olib 
tashlanadi. Antibiotik talqon sepiladi, tashqi va ichki teri parcha- 
quroqlari bir-biriga yaqinlashtirib uzlukli chok o‘tkazib tikiladi. 
Agar muskulning pay uchlari va atrof to‘qimalari yiring bilan 
zararlanmagan bo‘lsa, yara birinchi tortilish bilan bita boshlaydi, 
10–12 kundan keyin qo‘yilgan bog‘lam almashtiriladi. 



21-rasm. Qoramol tu-
yog‘ining arralagandan 
so‘ngi ko‘rinishi 


74 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin