75
Sabablari. Bu kasallikning paydo bo‘lishiga mexanik ta’sirlar
(lat yeyish, yot jismlar kirishi), qovoqlarning qayrilib qolishi,
parazitlardan
telyaziya va boshqalar, kimyoviy moddalar ta’siri
(ohak changi, molxonalarda ammiak gazi ko‘payishi, o‘tkir ta’sir
qiladigan surtma, ishqor, kislota va boshqalar), shuningdek, infek-
sion kasalliklar (itlarning o‘lat kasalligi, otlarning soqov kasalligi,
kontagioz plevropnevmoniya va boshqalar) sabab bo‘ladi.
Klinik belgilari. Kataral kon’yunktivitda hayvon ko‘zidan yosh
oqadi, yorug‘likka qaray olmaydi, kon’yunktiva
shishadi va
qizaradi. Yiringli kon’yunktivitda–kon’yunktiva nihoyatda shishib
ketadi, ko‘zning ichki burchagidan yiring chiqib turadi, ba’zan
qovoqlarning chetlarida va kon’yunktivada
eroziya va yarachalar
paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: