III bo‘lim ORTOPEDIYA 1-mavzu. Hayvon tuyog‘ining tuzilishi va ularda uchraydigan kasalliklar Turli xil hayvonlarda normal tuyoq lavsifi, tuyoq mexanizmi. Hayvonlar yurib juda muhim va xilma xil ishlarni bajaradi, shuning
uchun ularda ko‘pincha tuyoq kasalliklari uchraydi. Bu kasalliklar
hayvonlarni ishlata bilmaslik yoki haddan tashqari qattiq ishlatish,
ba’zida turli mexanik (travmalar), fizik (kuyish), kimyoviy va bosh-
qa sabablarning ta’siridan paydo bo‘ladi. Bunda oyoq muskullari,
suyak-bog‘lam yoki paylar jarohatlanadi. Ayrim vaqtlarda har
ikkala apparat – muskul hamda suyak-paylar birdaniga kasallanadi.
Bundan tashqari, kasallik jarayoni asab tizimiga ham ta’sir qiladi,
natijada hayvonning ish faoliyati buzilib, ularda oqsoqlanish paydo
bo‘ladi. Oyoqni oldinga ko‘tarib tashlash yoki uning havoda
ko‘tarilib turishi muskul to‘qimalari yordamida oyoqni yerga
qo‘yish, bosish esa suyak-bog‘lam va paylar yordamida bajariladi.
Tuyoq milki (venchik) flegmonasi. Tuyoq milki teri osti qatla-
mining diffuz yiringli nekrotik yallig‘lanishi tuyoq milki flegmo- nasi deyiladi. Bu kasallikning paydo bo‘lishiga teri osti to‘qimasiga
yiringli mikroblarning kirishi sabab bo‘ladi. Ba’zan yiringli
pododermatit, yumshoq tog‘ay nekrozi, tuyoq bo‘g‘imining yiringli
yallig‘lanish jarayonlarining shu joyga o‘tishi tufayli paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu kasallik qoramollar va cho‘chqalarda oqsil
kasalligi bilan birga ham uchraydi.
Klinik belgilari. Tuyoq milkining bir qismi gardishga o‘xshab
shishadi, qiziydi, taranglashadi, og‘riydi yoki tuyoq milkining
qirg‘og‘i ko‘pincha ko‘chib ketadi. Hayvon oyog‘ini yerga bos-
ganda qattiq oqsaydi, tuyoq milkidagi o‘tkir yallig‘lanish belgilari
ko‘rina boradi. Yallig‘lanish og‘ir o‘tib, tuyoq milkidagi flegmona
71
o‘z vaqtida davolanmasa yoki yomon davolansa, bog‘lamlar, pay-
lar, yumshoq tog‘ay nekrozga uchraydi, tuyoq bo‘g‘imi yiringli
yallig‘lanadi, metostatik pnevmoniya va sepsis paydo bo‘ladi.