66
qavatlaridan teshib o‘tkaziladi, chiqib turgan organning igna bilan
teshilgan joyiga 1–1,5 sm yetmasdan aylana shaklida uni to‘liq
kesib tashlanadi. Kesilgan to‘g‘ri ichakning bo‘shliqqa
kirib
ketmasligining oldini olish uchun o‘tkazilgan mandren fiksatsiya
vazifasini bajarib turadi. Hosil bo‘lgan ichak cho‘ltog‘i lablari tash-
qi
tomondan ichkariga kiritilib, yaxshi qayrilgan igna yordamida
uzlukli tugun tashlab tikiladi keyin mandren ichakdan sug‘urib
olinadi, tikilgan cho‘ltoq jarohatiga malham surtilib, dezinfeksiya
qilinadi. Ichak cho‘ltog‘i o‘z-o‘zidan tos bo‘shlig‘iga kirib ketadi.
10-mavzu. Oyoq kasalliklari
Qishloq xo‘jalik hayvonlarda oyoq kasalliklari juda ko‘p uch-
raydi (15 % dan 30 % gacha). Iqtisodiy zararlar 4–10% gacha bo-
radi. Sog‘in sigirlarda, ona cho‘chqalarda bola soni keskin kamaya-
di. Oyoqlari kasallangan sovliqlardan nimjon, zaif qo‘zilar tug‘iladi.
Hayvonlarning oyoq qismlarida teri kasalliklari ham ko‘p
uchraydi, ekzema,
dermatit, abssess, flegmona (muskullarda –
miozit, miopatoz; paylarda – tendovaginit, bursit; suyaklarda –
sinishlar, ostit, osteomiyelit; bo‘g‘inlarda – artrit, artroz, sankilez;
tuyoqlarda-pododermit, turli deformatsiyalar).
Yuqorida keltirilgan kasalliklarning
asosiy sabablari mexanik
shikastlar, boqish texnologiyasining buzilishi, hayvonlarni noto‘g‘ri
ishlatish va oziqlantirish, turli yuqumli (brusellyoz, oqsil, nek-
robakterioz, aktinomikoz) va parazitar (onkoserkoz) kasalliklardir.
Artroz – bo‘g‘inlarning surunkali yallig‘lanish jarayoni. Artroz
buqalar, sigirlar, otlar va cho‘chqalarda ko‘proq uchraydi. Ko‘proq,
tuyoq bo‘g‘inida, kamroq tirsak bo‘g‘inida uchraydi.
Sabablari: Artrozlar yuqori
mahsuldor hayvonlarda modda
almashinuv jarayoni,
mineral almashinuvi, vitamin almashinuvi,
uglevod va oqsil almashinuvi buzilishi natijasida kuzatiladi. Undan
tashqari noto‘g‘ri boqish va yaylovda boqilmaganda, ultrabinafsha
nurlari ta’siri yetmaganligi sababli paydo bo‘ladi.
Patogenezi: Artroz ko‘zga ko‘rinmaydigan belgilar bilan o‘tadi.
Bo‘g‘in payi o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi, yumshaydi. Keyincha-
lik bo‘g‘in atrofida suyak to‘qimasi o‘sadi.
67
Klinik belgilari: Qoramollarda artroz rivojlanishida 3
bosqich
aniqlangan:
1. Boshlang‘ich bosqichida artrozning klinik belgilari ko‘rin-
maydi, lekin hayvonlar ko‘proq yotadi, zo‘rg‘a turadi, harakatlari
chegaralangan bo‘ladi.
2. Ikkinchi bosqichida hayvonlarda oqsoqlanish belgilari ko‘ri-
nadi. Bo‘g‘inlar qisirlaydi, hayvonlar tez charchaydi. Tinch holatda
ikkala oyoqlarini tirab turolmaydi.
3. Uchinchi bosqichi bo‘g‘inlar deformatsiyasi bilan tavsifla-
nadi. Yurishda aniq oqsoqlanish ko‘rinadi; osteodistrofiya belgilari
namoyon bo‘ladi.
Davolash: Birinchi navbatda kasallikning sabablarini o‘rganish
lozim. Agar kasallikning sababi modda almashinuvi jarayoni bilan
bog‘liq bo‘lsa, ozuqa ratsioniga turli mikroelementlarni qo‘shish
zarur. Lekin mikroelementlar miqdori me’yordan oshmasligi kerak
(ayniqsa, vitaminlar va uglevodlar). Zararlangan bo‘g‘imlarga
parafin applikatsiyalari, ronidazoy bilan kompresslar qilinadi.
Dostları ilə paylaş: