61
suyak pufakchasi mavjudligi o‘ziga xos xususiyatga ega.
Orbita va
yuz tarog‘ining old qismi orasidagi masofa o‘rtasidagi bo‘shliq,
qiya suyak tumshug‘i yordamida oral (kichik) va aboral (katta)
bo‘limlarga ajraladi. Hayvonlarning yoshiga qarab kattalashib ko‘z
olmasining ostida joylashadi. Ko‘z
yosh pufakcha devorining
qalinligi 1 mm dan 2 mm gacha bo‘ladi.
Shoxning jarohatlanishi. Xo‘jalik podasidagi sigirlarni bog‘-
lovsiz saqlash shoxning noto‘g‘ri o‘sishiga sabab bo‘ladi. Shoxdagi
o‘sma va shoxlanishni yo‘qotish uchun operatsiyalar o‘tkaziladi.
Bunday ishlarni amalga oshirishda, asosan ikki usul qo‘llaniladi:
a) shox o‘simtasini o‘sishdan to‘xtatish;
b) shox o‘simtasini kesib tashlash. Shox o‘simtasida o‘sishni
to‘xtatishning asosiy maqsadi boshlang‘ich shox o‘simtasiga te-
gishli bo‘lgan epidermis va uning asosida joylashgan qatlamlar fao-
liyatini buzishdan iborat. Bu operatsiyani bajarish uchun qo‘yidagi
usullar qo‘llaniladi.
Issiq (termik) usul eng yaxshi natija beradigan usul hisoblanadi,
3 haftalik yosh buzoqlarda temir yoki elektr kuydirgich yordamida
amalga oshiriladi.
Qonli usul – 1–3 haftalik buzoqlarda
trepan asbobi yordamida
shox o‘simtasining kurtagi olib tashlanadi. Trepan o‘rniga uzunligi
10 sm bo‘lgan
temir naycha ishlatish mumkin,
lekin uning bir
tomonini charxlab o‘tkir qilinadi.
Operatsiya texnikasi. Shox o‘simtasi
joylashgan chegaraning
juni kalta qirqiladi va yod eritmasi surtiladi. Keyin trepan asbobini
shox o‘simtasi do‘ngligi ustiga bosib aylanma harakat qilib,avval
teri qatlami, so‘ngra endigina o‘sayotgan boshlang‘ich shox
o‘simtasi, peshona suyagi po‘stlog‘i (suyak usti) bilan birga qo‘shib
olib tashlanadi. Hosil bo‘lgan yaraga antiseptik kukun (yodoform,
borat kislotasi) purkaladi.
Dostları ilə paylaş: