6-mavzu. Qon va limfa tomirlari kasalliklari Flebit – Vena qon tomirlarining tromb hosil qilmasdan yallig‘-
lanishi. Agar yallig‘lanish vena oldi yumshoq to‘qimalari bilan birga-
likda boshlansa, periflebit, jarohatlangan vena qon tomirlari devorida
tromblar hosil bo‘lsa, tromboflebit, vena qon tomirlari, uni o‘rab
turgan kletchatkalar (muskullararo, fassiyalararo) bilan birgalikda
yallig‘lanish jarayoni kuzatilsa, paratromboflebit deb ataladi.
Etiologiyasi. Vena qon tomirlari yalhglanishining kelib chiqi-
shiga ko‘pincha tomirlarning jarohatlanishi, vena qon tomirlarida
operatsiyalar amalga oshirilganda aseptika, antiseptika qoidalariga
rioya qilinmaganda, operatsiya maydoniga dezinfeksiyalovchi
moddalar bilan yetarlicha ishlov berilmaganda, qon quyishda ishla-
tiladigan asboblar sifatli sterillanmaganda yoki o‘tmas asboblar ish-
latilganda, vena qon tomiriga dori moddalari yuborayotganda hay-
vonlarning yaxshi fiksatsiyalanmaganligi (teri ostiga yallig‘lanti-
ruvchi kalsiy xlorid, xloralgidrat, skipidar moddalari tushishi), yu-
qori konsentratsiyadagi moddalarni qon tomiriga o‘ta tez yuborish
kabilar sabab bo‘ladi.
Kasallik belgilari. O‘tkir flebitda vena qon tomirining atrofi shi-
shadi va zichlashadi, qon oqishi sekinlashadi. Tomir bo‘ylab pay-
paslanganda og‘riq seziladi. Surunkali flebitda jarohat qattiq holda
bo‘ladi. Paypaslanganda jarohatlangan venada shish va og‘riq
sezilmaydi. O‘rtasidan barmoq bilan bosilganda atrofi kengayadi.
Yiringli tromboflebitda tomir shishgan, og‘riqli bo‘ladi. Agar
diffuzli shish bo‘lsa, boshqa yallig‘lanishlarga qaraganda birmun-
cha qattiq bo‘ladi.
Davolash. Kasal hayvon tinch joyda saqlanadi. Yallig‘langan joy
jundan tozalanib yodning 5 % li spirtdagi eritmasi bilan artiladi.
Yiringsiz tromboflebitda girudoterapiya bilan davolash yaxshi sama-
ra beradi (zuluk bilan davolash). Zuluklar qo‘yishdan oldin zarar-
langan vena atrofiga 10 % li qand eritmasi surtilsa zuluk yaxshi so‘ra-
di. Har bir zuluk 10–15 g qon so‘radi. Davolash 2 sutka takrorlanadi.
Yiringli tromboflebit va paratromboflebitda vena tomiri kesiladi.