54
O‘smalarning tarqalishi. O‘smalar
turli hayvonlarda uchrashi
mumkin. Ular sovuqqonli hayvonlar – baliqlar, amfibiyalar, ba’zan
reptiliylarda uchraydi. Epitilial va biriktiruvchi to‘qimalarda paydo
bo‘ladigan o‘smalar parrandalarda ayniqsa, ko‘p uchraydi. Spontan
o‘smalar, ya’ni tabiiy sharoitlarda o‘z-o‘zidan hosil bo‘ladigan
o‘smalar sut emizuvchi hayvonlarning
deyarli barcha turida uch-
raydi. Organizm filogenetik rivojlanishining qanchalik yuqori bos-
qichida bo‘lsa, u o‘smalar bilan shunchalik ko‘p kasallanadi. Olib
borilgan tekshirishlarga ko‘ra, zararli o‘smalar ko‘proq it va otlarda
uchraydi. Ularning jinsiy organlari hamda terisini zararlaydi. Erkak
hayvonlarga qaraganda urg‘ochi hayvonlar o‘sma bilan ko‘proq
kasallanishi aniqlangan, ya’ni qoramollarda 1:5, otlarda 1:6, itlarda
1:3 ga to‘g‘ri keladi. O‘sma bilan ko‘proq katta yoshdagi hayvonlar
kasallanadi. Barcha o‘smalar 100 % deb olinsa, qoramol yelinida
0,5 %, otlarda 23 %, itlarda 22,9 % ni tashkil qiladi.
O‘smalarning sabablari. Endogen sabablari. O‘smalarni paydo
qiladigan kimyoviy agentlar, ayniqsa, kanserogen moddalardir. Shu
asosida Kime (kanserogen) nazariyasi paydo bo‘ldi.
Endogen
sabablar. Kishilar o‘smalar bilan kasallanganda
olimlar ularning
ruhiy shikastlanishiga katta e’tibor berganlar.
Agar surunkali
ravishda nevroz qo‘zg‘atilib nerv sistemasi uzoq vaqt shikastlansa
o‘smalar (papiloma, fibroma, sarkoma) paydo bo‘lishi kuzatilgan.
O‘smalarning yuqumli virusdan paydo bo‘lish nazariyasi. Bu
nazariyaga ko‘ra, o‘smalar organizmga tirik qo‘zg‘atuvchilar
kirishi sababli paydo bo‘ladi. Bir oilada birga turuvchi kishilarda
o‘smalar paydo bo‘lishi unga misol bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: