52
ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Bu kasallikda yashirin davr muddat-
lari aniq emas. Mikrobning kirish yo‘lini, birlamchi o‘choq mav-
judligini aniqlash mumkin, biroq rivojlanish jarayonida bu o‘choq-
ning septik jarayonining o‘tishiga ta’siri kamayishi va sezmaydigan
bo‘lib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
Kasallik belgilari. Hayvon umumiy ahvolining og‘irlashuvi,
ishtahasining yo‘qolishi, terlash, umumiy tana haroratining ko‘ta-
rilishi va nihoyat hayvonning oriqlab ketishi va boshqalar.
Hayvon
tashqi muhit ta’siriga sezilarli javob bermaydi. Organizmda
gemoglobin va leykositlarning kamayib ketayotganligi, leykositar
formulaning chapga surilishi kuzatiladi.
Davolash – mahalliy va umumiy bo‘lib, kompleks davolanadi.
Birinchi navbatda patologik manbani zararsizlantirish yoki butunlay
olib tashlash lozim. Buning uchun yaraning og‘zini ochib, o‘lik
to‘qimalar
olib tashlanadi, yiringli ekssudatni yaxshilab chiqarib
tashlab, so‘ngra antiseptik (penitsillin, sulfanilamid va boshqa)
preparatlar ishlatiladi. Umumiy davolaganda
organizmni mustah-
kamlaydigan dorilar berish, bu bilan organizmning infeksiyaga qar-
shilik ko‘rsatish kuchini oshirish lozim. Kasal hayvon podadan ajra-
tilib, zoogigiyena talabiga javob beradigan alohida molxonada sifatli
em-xashaklar bilan boqilishi zarur. Vena qon tomiriga urotropin
aralashtirilgan glukoza, 10 % li kalsiy xlorid eritmasi, sulfanilamidlar
yuboriladi. Penitsillin bilan davolash ham yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: