Gangrenoz dermatit. Terining ayrim joylarining namlanib
qolishi gangrenoz dermatit deyiladi. Kasallik, asosan, otlarning
tushov bo‘g‘imi orqasida bo‘lib, anaerob guruhlarga kiruvchi ta-
yoqcha-Bacterium necrophorum qo‘zg‘atadi, u odatda gangrenoz mokres deb ataladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilar terining yorilgan,
tirnalgan joylari va boshqa jarohatlar orqali to‘qimaga kiradi. Otlar-
ni sovuq otxonalarda saqlash, to‘shamalarni o‘z vaqtida almash-
tirmaslik, butazorlar ko‘p bo‘lgan yaylovda boqish gangrenoz
kasalligining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Kasallik belgilari. Bu kasallik hayvon oyog‘ining mahalliy
qizishi, shishishi, oqsoqlanishi, tana haroratining ko‘tarilishi, tomir
urishi va nafas olishining zaiflashishi bilan ajralib turadi. Shishgan
joydan sariq yopishqoq ekssudat ajralib chiqadi, u juda yomon
qichitadi, bunga chiday olmagan hayvon jarohatlangan joyini
yalab, qashishga harakat qiladi. Kasallikning uchinchi kuni sassiq
hidli ba’zan qon aralash yiring paydo bo‘ladi. Yallig‘lanib yiring-
lagan teri ajralib tushadi, uning o‘rniga uzoq vaqtgacha bitmay-
digan maraz-yara paydo bo‘ladi. Yaraning osti biroz ko‘tarilgan,
osongina qonaydigan, granulasiyasi sassiq yiring bilan qoplangan
bo‘ladi. Ushbu jarayon atrofidagi to‘qimalarning (tuyoq, tog‘ay,
chuqur eguvchi pay) o‘lishi (nekrozi) tufayli og‘irlashadi. Jarohat
bitib, hayvonning tuzalishi 1–1,5 oyga cho‘ziladi.
Davolash.Hayvonni ishdan ozod qilish, tinch qo‘yish, toza,
quruq otxonada boqish kerak. Jarohatlangan teri yaxshilab toza-
lanadi. Kasallikning boshlanish davrida yaraga sulema, kamfora
yoki ixtiol surkab bog‘lanadi. Yiring paydo bo‘lishi bilan magniy
sulfat, natriy xlor tuzlarining gipertonik eritmalari qo‘llanilsa
yaxshi yordam beradi. Agar gangrenozli yara rivojlangan bo‘lsa,
o‘lgan to‘qimalarni kesib tashlash maqsadga muvofiqdir.