Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
veterinariya jarrohligi

Limfangoit. Limfa tomirlarining yallig‘lanishi limfangoit deb 
ataladi. Xarakteri va patalogoanatomik o‘zgarishlarga ko‘ra limfa 


58 
tomirlarining yallig‘lanishi quyidagilarga bo‘linadi: oddiy limfan-
goit (Lumphangoitis simplex), yiringli (L. Purulente) va flegmo-
nozli (L. Phlegmonosa) limfangoit. 
Etiologiyasi. Patogen mikroorganizmlar va ularning hayotiy 
mahsulotlari limfa tomirlariga tushganda limfangoitlar rivojlanadi. 
Limfangoitlarni asosan, yiring hosil qiluvchi mikroorganizmlar 
yoki sharsimon bakteriyalar keltirib chiqaradi. 
Klinik belgilari. Yallig‘langan limfa tomirlari teridan bo‘rtib, 
kuzatilganda aniq ko‘rinib turadi. Ayrim hollarda limfa tomirlari 
bo‘rtib turadi va terining pigmentsiz qismida qizarib ko‘rinadi. 
Yiringli limfangoitda limfa tomirlari yanada yaxshiroq ko‘rinadi. 
Paypaslanganda hayvon shu tomonini himoya qilishga harakat 
qiladi. Jarohatlangan tomirlar atrofida og‘riqli shishlar paydo 
bo‘ladi va bu shishlar keyinchalik abssesslarga aylanishi mumkin. 
Abssesslar bir- biriga sezilarli darajada yaqin bo‘ladi. 
Davolash. Birinchi navbatda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar 
va ularning zaharlarini bartaraf qilish amalga oshiriladi. Yirik 
tamponlar, drenaj va so‘ruvchi bog‘lamlar qo‘yiladi. Hayvon o‘z 
holiga qo‘yiladi. Limfa tugunlarini limfanodulit deb ataladi. Limfa 
tugunlari organizmda infeksiyalarga qarshi kurashda muhim rol 
o‘ynaydi. Ular mikroorganizmlar rivojlanishini to‘xtatadi, ularning 
zaharlarini neytrallaydi. Klinik belgilariga ko‘ra: oddiy, serozli, 
yiringli, flegmonozli, o‘tkir va surunkali limfonodulitlar farqlanadi. 
 
7-mavzu. Siydik yo‘li va jinsiy a’zolar kasalliklari 
Siydik yo‘li uretra deb ataladi. U orqali siydik tashqi muhitga chi-
qadi. Siydik ajratish funksiyasining buzilishi buyrak yetishmovchiligi 
yoki siydikning sifat va miqdori jihatdan o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
Uretrit – siydik chiqarish kanali (yoki siydik yo‘li) shilliq 
qavatining yallig‘lanishidir. O‘tish jarayoniga ko‘ra seroz, kataral, 
fibrinoz, yiringli, o‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. 
Uretritning sabablari, asosan, mexanik jarohatlanish va yiringli 
mikrofloraning kirishi, erkak hayvonlarda qochirish paytida chot 
oralig‘ining jarohatlanishi, sigirlarda esa qindan yallig‘lanish tarqa- 


59 
lishi mumkin. Uretrit yuqumli va invazion kasalliklarda ham 
bo‘lishi mumkin. 
Klinik belgilari. Siydik ajratish og‘riqli, to‘xtab-to‘xtab amalga 
oshadi. Urg‘ochi hayvonlarda jinsiy lablar shishadi, doim shilim-
shiq-yiringli oqmalar kuzatiladi. 
Uretritning oldini olish uchun hayvonlarni shamollashdan saq-
lash zarur. Hayvonlarni sun’iy qochirganda va qinni tekshirganda 
aseptika qoidalariga rioya qilish lozim. Ayniqsa, kateter kiritishga 
jiddiy talab qo‘yiladi. 
Erkak hayvonlarda simpatik impotensiya (jinsiy ojizlik) urug‘-
don va urug‘don ortig‘i, urug‘ yo‘llari, qo‘shimcha jinsiy bezlar, 
jinsiy a’zo, preputsiya xaltasi kasalliklari tufayli kelib chiqadi. 
Urug‘donning yallig‘lanishi – orxit, urug‘don ortig‘ining yal-
lig‘lanishi – epidimit, preputsiya xaltasi teshigining qisqarishi – 
fimoz deyiladi. Jinsiy a’zoning preputsiya xaltasidan osilib chiqishi 
parafimoz, preputsiyaning yallig‘lanishi postit, preputsiyaning 
jinsiy a’zo tomoni yallig‘lanishi balanit, qo‘shimcha jinsiy prostata 
bezining yallig‘lanishi prostatit deyiladi. 
Jinsiy a’zolar kasalliklarini davolashda farmokologik va gor-
monal preparatlardan, shuningdek, fizioterapevtik, patogenetik 
hamda jarrohlik usullaridan samarali foydalaniladi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin