Flegmonoz kon’yunktivitda shilliq pardalar shishib ketadi,
kon’yunktiva bo‘rtmaga o‘xshab qovoqlarning orasidan tashqariga
chiqib turadi.
Follikulyar kon’yunktivitda uchinchi qovoqning ichki yuza-
sida yallig‘langan follikulyar yig‘ilib qoladi.
Keratit. Ko‘z muguz pardasining yallig‘lanishi keratit deyiladi.
Yuzaki, chuqur va yiringli keratitlar farq qilinadi. Kon’yunk-
tivaning yallig‘lanishini vujudga keltirgan sabablar bu kasallikka
ham sabab bo‘ladi.
Kasallik belgilari. Ko‘zning muguz pardasi xiralashadi. Ba’zan
uning pardasi tomirlar bilan qo‘shilib ketadi, bunda eroziya va
yarachalar paydo bo‘ladi. Hayvonning ko‘zidan yosh oqadi,
yorug‘likka qaray olmaydi va ko‘z soqqasi ushlab ko‘rilganda
bezillaydi.
Ko‘zning doimiy yallig‘lanishi. Kasallik ko‘zning rangdor par-
dasi, kipriksimon tana va qon tomirlarining bir vaqtda yallig‘lanishi
bilan boshlanadi. Bu kasallikning sabablari hali aniqlanmagan.
Jarayon ot, xachir, eshak, tuya va hatto qoramollarda uchraydi.
Kasallik belgilari. Kasallik juda tez avj oladi. Dastlab hay-
vonning ko‘zidan yosh oqadi, yorug‘likka qaray olmaydi. Kon’-
yunktiva qizarib, shishib ketadi. Keyinchalik muguz pardaning va
rangli pardaning yallig‘langanligi ma’lum bo‘ladi, ko‘z kamera-
76
lariga fibrin va qon yig‘iladi, tomirli va to‘r pardada ham o‘z-
garishlar bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar 8–12 kun davomida sekin-asta
rivojlana boradi va keyin kamayib, 16–20 kundan so‘ng yo‘qolib
ketadi. Ko‘z to‘qimalarining yallig‘lanishi yana bir oz vaqt
o‘tgandan keyin takrorlanishi (resediv bo‘lishi) mumkin.
Amaliy mashg‘ulot.
Ko‘z kasalliklarida ishlatiladigan dori moddalariga: borat
kislota eritmasi, rivanol eritmasi, rux sulfat eritmasi, achchiq tosh
eritmasi, protargol, lyapis, sariq simob surtmasi, yodoform yoki
kseroform, albusid surtmasi, kalomel kukuni va boshqalar kiradi.
Ko‘z kasalliklarini davolash usullari. Kon’yunktivitni davolash.
Kon’yunktiva xaltasi 3%li borat kislota, kaliy permanganat eritmasi
(1:2000), rivanol (1:1000) bilan yuviladi, ko‘zga har kuni peni-
tsillin eritmasi (0,25–2 % li) protargol, 1–2 % li lyapis (keyinchalik
lyapisning ortiqchasi natriy xloridning fiziologik eritmasi bilan
neytrallashtiriladi) kabi dorilardan birortasi bir-ikki marta
tomiziladi. Bundan tashqari, yodoform poroshogi, 5 – 10 % li
yodoform surtmasi, 1%li sariq simob surtmasi surtiladi.
Keratitni davolash. Kon’yunktiva xaltachasi 2–3 % li borat
kislota, rivanol eritmasi(1:2000)bilan yuviladi. Yuvib bo‘lgandan
so‘ng ko‘zga 1–2 % li sariq simob surtmasi, 5 % li yodoform yoki
kseroform surtmasi, 10–20 % li albusid surtmasi surtiladi yoki ko‘z
ichiga yodoform kukuni purkaladi. Penitsillin surtmasi (penitsillin
50 ming TB, vazelin, valanolin 5,0 dan) va oq streptotsid
emulsiyasi surilsa yaxshi natija beradi. Ko‘z muguz pardasining
xiralashishi uzoqroq davom etsa kalomel kukuni yoki surtmasi
hamda dionin (2–5–8 % li) bilan davolash usuli qo‘llaniladi.
Ko‘zning doimiy yallig‘lanishi. Bu kasallikning maxsus davosi
yo‘q. Hayvon alohida qorong‘i molxonada boqiladi, ko‘ziga 1–2 %
li atropin tomiziladi (atropin ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi va
rangdor pardaning yopishib qolishining oldini oladi), kaliy yodat
yoki natriy yodat ichiriladi. Bundan tashqari kon’yunktivitlarda,
keratitlarda tavsiya etilgan dorilar qo‘llaniladi.
|