41
Moyakning bez chilviri butunligini teri ustidan asosiy ikki usul
bilan buzish mumkin:
a) jinsiy tizimchani teri ustidan maxsus bichish asbobi bilan
chilvir butunligini uzish orqali uning ish qobiliyatini yo‘qotish.
Moyak bezi tizimchasi ezilganda urug‘
bezi oziqlanish jarayo-
nining buzilishi oqibatida atrofiyaga uchraydi. Boshqa usullarga
qaraganda yaxshi natija beradi. Bunda tana o‘z mahsulotini o‘zi
so‘rib olishi hayvonning o‘sishiga va rivojlanishiga xizmat qiladi;
b) elastratsiya – jinsiy chilvirni kesish (yorg‘oq bo‘yniga elastik
rezinali halqa solish), bu to‘liq nekroz va moyak bezlari bilan birga
yorg‘oqning ajrab tushishi demakdir;
d) sun’iy kriptorxizmni vujudga keltirish.
Jinsiy bezlarni qin
kanali bo‘shlig‘iga kuch bilan itarib, joylashtirib qo‘yish va ularni
o‘sha joyida yorg‘oqning pastki qismidan elastik halqa o‘tkazib
fiksatsiya qilish.
Amaliy mashg‘ulot.
Bichishning yopiq usuli bilan operatsiya o‘tkazish texnikasi. Bu
usul ham buqaning yorg‘og‘ini ochiq usul bilan axta qilingandagi
kabi bajariladi. Ya’ni umumiy qin pardasi kesilmasdan uni oldin
yorg‘oq devoridan (fassiyasidan) dokali tampon yoki yopiq qaychi
bilan osonlikcha qatlam-qatlam shaklida chotidan ajratib ko‘chi-
riladi, chunki bular bir-biriga biriktiruvchi to‘qima orqali yopishib
olgan bo‘ladi.
Fiksatsiya. Hayvonlarda axtalash yotqizil-
gan yoki tik turgan vaziyatda o‘tkaziladi. Birin-
chi hodisa bo‘yicha
buqa chap tomonga yiqi-
tiladi. Shunda yiqitishning bironta turi qo‘lla-
niladi, bunda orqa oyoq tortilganda, operatsiya
o‘tkaziladigan joy yaxshi ko‘rinishi uchun qu-
laylik vujudga keltirilishi lozim. Qolgan oyoq-
lar bog‘lanmasdan shunday qoldiriladi. Qari va
kuchli byqalar bunday sharoitdan mustasno. Ularning oyog‘iga
tushov o‘tkazib bog‘lanadi. Ikkinchi hodisa bo‘yicha (yosh
buqachalarni bichishda) hayvon ustunga kalta qilib bog‘lanadi,
burun qisqichini o‘tkazib ushlanadi (12-rasm). Hayvon og‘ziga
Dostları ilə paylaş: