5-rasm. Uzluksiz choklar: a) mo‘y-
nado‘zli; b) tushov; d) xaltachali
(kisetniy)
6-rasm. Ichak choklari: 1) Lamberning
bir qavatli choki nusxasi; 2) Lamber
bo‘yicha uzluksiz chok; 3) Shmiden
choki;
4) Plaxotin, Sadovskiy choklari;
a) chokni o‘tkazish; b) chokning tortib
bog‘langandan keyingi ko‘rinishi
1
4 a
b
2
3
7-rasm. Pirogov choki
33
uzilgan joyidan 0,5 sm, ikkinchi va uchinchisi 1 va 1,5 sm
uzoqlikdan o‘tkaziladi.
Qon tomirlarga chok qo‘yish – veterinariya amaliyotida kam
qo‘llaniladi. Tomirlarga chok qo‘yishdan asosiy maqsad qon
tomirlarining ikkita birlashtiradigan oxirgi qismidagi endoteliy
qatlamlarini yaqinlashtirishdir.
Nerv tanalariga chok qoyish. Nerv uchlari kesib olib tashlanadi,
bir-biriga tenglashtiriladi va epinervlarga bir necha uzlukli bog‘lam
qo‘yib yaqinlashtiriladi. Ingichka igna, ipakli yoki ketgutli iplar
ishlatiladi.
To‘qimalarni yelimlash (kleylash) – to‘qimalarni tikuv mate-
rialsiz qonsiz birlashtirish usullari mavjud: jarohat lablarini leyko-
plastir yordamida birlashtirish, to‘qimalarni yelimlash, suyaklarni
ultratovush bilan payvandlash va hokazolar.
6-mavzu. Bog‘lamlar
Desmurgiya – bog‘lamlar to‘g‘risidagi ma’lumot (grekcha des-
mos – bog‘lanish, bog‘ich, bog‘, ergon – ish) bo‘lib,bog‘lamlar qo‘-
yish usullarini, bog‘lovchi materiallarni qo‘llash shakllari va ular-
ning xususiyatlarini o‘rganadi. Bog‘lamlar – hayvon tanasining sin-
gan, chiqqan, lat egan, tirnalgan, yorilgan, jarohatlangan a’zolarini
ifloslanish va boshqa ta’sirlardan saqlash, shuningdek, tananing
biror qismini qimirlamaydigan qilib qo‘yish va bosib turish uchun
qo‘llanadigan vosita. Bog‘lamlar qattiq va yumshoq hamda oddiy
va murakkab bo‘ladi. Mahkamlovchi, bosuvchi, taxtakachlovchi
(immobilizatsiya), qotiruvchi (gips) va shina bog‘lamlar mavjud.
Mahkamlovchi bog‘lamlarning plastirli, yelimli va bintli turi ko‘p
ishlatiladi. Bog‘lamlar boshoqsimon, sakkizsimon, spiralsimon va
boshqa shakllarda bo‘ladi. Ular jarohatni toza saqlash, yara seli va
yiringni shimish, shikastlangan to‘qimaga shifobaxsh ta’sir ko‘rsa-
tish, infeksiyaga qarshi kurashish maqsadida ishlatiladi. Bog‘lam
tayyorlashda turli bog‘lov materiallaridan foydalaniladi. Dokadan
salfetka, bint va tamponlar tayyorlanadi. Yaraga bevosita bog‘lana-
digan bog‘lov materiallari sterillangan bo‘lishi lozim. Gigroskopik
bo‘lmagan paxtani isituvchi kompresslarga ishlatish, shina ostiga
34
qo‘yish yoki gips bog‘lamda qo‘llash mumkin. Sterillangan va
sterillanmagan bog‘lov materiallari: salfetka, bint, paxta o‘rami,
bog‘lov paketi va boshqalardan foydalaniladi.
Bog‘lam turlari. Birinchi yordam ko‘rsatish bog‘lami – jaro-
hatlarni qaytadan shikastlanish va ikkilamchi infeksiya tushishidan
himoya qilishda xizmat qiladi. Jarohatni dokali salfetka yordamida
yopib qiyiqcha yoki dokali bog‘lam orqali fiksatsiyalanadi.
Havo o‘tkazmaydigan bog‘lam – ko‘krak yoki qoringa kirib
boruvchi jarohatlarga qo‘yilib, zarur bo‘lganda anatomik bo‘shliq-
larga havo, mikroflora, chang zarrachalari va boshqa yot jismlar
kirib qolishining oldi olinadi. Buning uchun emulsiya shimdirilgan
salfetka bilan yara yopiladi. Salfetka ustiga gigroskopik paxta
qavati, so‘ngra, havo o‘tkazmaydigan (kleyonka, sellofan, perga-
ment qog‘oz) materiallar qo‘yiladi.
Quruq so‘rib oluvchi bog‘lam – bog‘lovchi materiallarning jaro-
hatdan ajralayotgan ekssudatlarini so‘rib olishiga asoslanib to‘x-
tovsiz ravishda jarohat ekssudatini, mikrofloralar va to‘qimalar par-
chalanishidan hosil bo‘lgan chiqindi moddalarni chiqarib tashlaydi.
Bog‘lam uch qavatli bo‘lib, jarohatning birinchi bitish davrida qo‘l-
lash ko‘zda tutiladi. Birinchi qavat so‘rib oluvchi, jarohat bo‘shli-
g‘ini yengil to‘ldirgan dokali salfetka yoki dokali tampon bo‘lib,
jarohat suyuqligini yengil so‘rib olib, keyingi qatlamga o‘tkazadi.
Ikkinchi qatlam–qabul qiluvchi gigroskopik paxta bo‘lib, uning
qalinligi jarohatdan ajralayotgan suyuqlikka bog‘liq bo‘ladi (yum-
shoq holda bir santimetrdan oshmasligi kerak). Paxta suyuqlikni
birinchi qatlamdan so‘rib olib keyingi qatlamga o‘tkazadi. Uchin-
chi (ustki) qatlam bug‘lantiruvchi bo‘lib pastki qatlamlarni kerakli
vaziyatda ushlab turadi va so‘rib olingan suyuqlikni atrof-muhitga
bug‘lantiradi. Bu qatlam siyrak to‘qilgan dokadan tayyorlanadi.
Nam so‘rib oluvchi bog‘lam – kuchli so‘rib oluvchi ta’sir qilish
uchun qo‘llaniladi. Birinchi qatlam, tuzlarning gipertonik eritma-
siga (5–10 % li natriy xlorid va shakarli eritma, 20 % li magniy
sulfat yoki natriy sulfat eritmasi) to‘yintirilgan dokali kompress
yoki dokali drenajdan iborat. Qolgan qatlamlari quruq so‘rib
oluvchi bog‘lamlarnikidan farq qilmaydi.
35
Qisuvchi bog‘lam – hayvon tanasining ma’lum bir qismiga bir
xil bosim orqali ta’sir qilish maqsadida qo‘llaniladi. Masalan, qon
oqishni to‘xtatish uchun.
Immobilizasiyalovchi (harakatsiz, qo‘zg‘almas) bog‘lam – aniq
hollarda, kasallangan manbaga qimirlamaslik holatini ta’minlash
maqsadida qo‘yilib, davolash uchun yaxshi sharoit yaratadi.
Qizdiruvchi kompressli bog‘lam – hayvon tanasining ma’lum bir
sohasida mahalliy harorat darajasini oshiradi. Birinchi qatlam bir
necha qavatdan iborat bo‘lib, u uy haroratigacha qizdirilgan suv,
40–50 % li spirt yoki 5 % li osh sodasi eritmasiga botiriladi.
Materialni yengil siqib belgilangan joyga qo
£
yiladi. Kompressning
birinchi qatlami jarohatlangan sohaning barcha tomonidan 2–3 sm
chiqib turishi zarur. Bu qatlamning ustidan ikkinchi havo va suv
o‘tkazmaydigan material (kleyonka, pergamentli qog‘oz, sellofan
va boshqalar) bilan to‘liq yopiladi. Uchinchi qatlam issiqni yaxshi
ushlaydigan (yog‘sizlantirilmagan paxta) material bo‘lib, ikkinchi
qatlamni hamma yo‘nalishda bir necha santimetrga ortiq qoplab tu-
rishi kerak. Yuqorida qayd qilingan qatlamlarni qo‘yilgan joylarida
ushlab turish uchun bintli yoki boshqa bog‘lam qo‘yiladi. Bu komp-
ressli bog‘lamni har 4–6 soatda (oraliqda 2 soat qoldirilib) almash-
tirib turiladi.
Bintli bog‘lamlar – qo‘yish shakliga qarab: sirkulyar (aylanma),
burama (spiral), siljuvchi, sakkizsimon (hayvonlarning alohida
organlariga – shox, tuyoq, dum va boshqalarga) bo‘ladi. Bintli
bog‘lamlar operatsiya o‘tkazilgandan so‘ng, jarohatlangan sohada
tinchlikni ta’minlashda zarur (8-, 9-, 10-rasmlar). Qo‘yilgan bog‘-
lam qon va limfa oqimiga to‘sqinlik qilmasligini hisobga olib,
bintni o‘rash tashqaridan markazga vena va limfa tomirlarining
yo‘nalishga qarab qo‘yiladi. Bintning o‘ram boshlanishi va oxiri
shikastlangan joyning qarama-qarshi tomonida qolishi kerak.
Aylanma bog‘lamlar – tananing ma’lum chegaralangan qismiga
qo‘llanadi, bundan tashqari, hamma qolgan bintli bog‘lamlarni qo‘-
yib bog‘lashda va bog‘lam yakunida ham aylanma bog‘lamdan foy-
dalaniladi.
Burama bog‘lam (spiralsimon) pastdan balandga spiral shaklida
aylantirib, har bir keyingi o‘ram oldingisining uchdan bir yoki
36
ikkidan bir qismhh yopadi. Bint qo‘yish boshlanishida va oxirida
2-3 o‘ram aylanma bog‘lam qo‘yiladi.
4 5 6
Dostları ilə paylaş: |