37
Har bir keyingi o‘ram oldingisining yarmini yopadi. Bog‘lam
aylanma o‘ram bilan tugallanadi.
Siljuvchi bog‘lam – bintning har bir o‘rami pastdan yuqoriga bu-
ramasimon (vintsimon) shaklda qo‘yilib o‘ramlar oralig‘ida bint-
ning kengligiga teng joy qoladi. Bog‘lam boshlanishida va tuga-
shida aylanma bog‘lam qo‘yiladi. Siljuvchi bog‘lamlar immobi-
lizasiyalovchi bog‘lamlar tagiga qo‘yiladigan materiallarni fiksat-
siya qilishda qo‘llaniladi.
Sakkizsimon bog‘lam – bint o‘ramaning yo‘nalishi sakkizsimon
shaklda bo‘ladi. Uni tananing tekis bo‘lmagan (tushov
yoki bila-
kuzuk bo‘g‘imlarga), burama bog‘lamlar ushlamaydigan qismla-
riga qo‘yiladi. Bint o‘rash bo‘g‘imning pastki qismidan boshlanib,
unga aylanma bog‘lam qo‘yib, so‘ngra bintni chapdan o‘ngga va va
yuqoriga qarab qiya yo‘naltiriladi. Bo‘g‘im yuqorisida yana bir ne-
cha aylanma o‘ram qo‘yib, yuqoridan pastga qarab qiya yo‘nal-
tiriladi. Bu usul bog‘lanadigan joy to‘liq
yopilguncha davom
ettiriladi. Har bir keyingi o‘ram o‘zining qiya yo‘nalishida oldingi
o‘ramning uchdan ikki qismini yopib boradi.
Dostları ilə paylaş: