27
mahalliy ta’sir ko‘rsatish orqali erishish mumkin.
Qon ivishini
oldindan kuchaytirish uchun katta hayvonlarga 500–1000 ml,
kichik hayvonlarga 300 ml mos keluvchi qonni oldindan quyiladi;
qon tomiriga 10 % li kalsiy xlorid eritmasini yirik hayvonlarga
100–150 ml, kichik hayvonlarga 2–9 ml dan; ot zardobini teri ostiga
yoki venaga 100–150 ml dan yuboriladi.
Qon oqishini to‘liq to‘xtatish. Qon oqishini to‘liq to‘xtatish
uchun mexanik, fizik, biologik usullardan foydalaniladi.
Mexanik usullarda qon to‘xtashining eng oddiy usuli tampon
qo‘llashdir. Dokali tamponlarni qon oqayotgan yuzaga qo‘yilgan-
da, kapillar qon oqishlar osonlik bilan to‘xtaydi. Anatomik bo‘sh-
liqlarda kuchli qon ketganda ularni doka va bintdan tayyorlangan
tamponlar bilan to‘ldiriladi. Buning
uchun Mikulich tamponidan
(ikki qavatli kvadrat shaklidagi doka salfetka) olib, o‘rtasiga doka
tasma yoki ip birkitiladi. Salfetkani konsang qisqich yordamida
bo‘shliqqa yuborib, ichiga doka tamponlar joylashtiriladi, qon oqa-
yotgan tomirlarga kerakli bo‘lgan bosim ko‘rsatiladi,
tasma yoki
ipni jarohatdan tashqari chiqariladi. Ba’zi hollarda bu tamponlarni
bo‘shliqda ushlab turish uchun yara labiga vaqtinchalik chok qo‘yi-
ladi keyin qo‘yilgan materiallar chiqarib olinadi. Bularning yengil
olinishi uchun ular vodorod perikis eritmasi bilan namlanadi. Qon
oqishini vaqtincha to‘xtatish uchun har xil jgutlar ishlatiladi (2-rasm).
Qon tomirlarini burash (torzirovaniye) – bunday mexanik yo‘l
bilan qon oqishini to‘xtatish tibbiyot amaliyotida keng tarqalgan
usullardan biri hisoblanadi. Bunda Koxer va Peana pinsetlaridan
foydalaniladi. Tomirning uzilgan
uchi pinset bilan ushlanib, uni
yengil tortiladi va o‘z o‘qi atrofida bir necha marotaba aylantirilib,
pinset yechib olinadi. Ba’zi hollarda operatsiya jarayonida tomir-
lardan kuchli qon oqish kuzatilsa, pinsetni
olishdan oldin tomir
burab qayriladi. Jarohat tubidagi katta tomirlardan qon oqsa va uni
boshqa usullar bilan to‘xtatishning imkoni bo‘lmasa unga qo‘yilgan
pinset (jarohatda) 12 – 24 soat, ba’zan bir necha kungacha qoldirila-
di. Bu usul bilan urug‘ tizmasidan qon ketishlar to‘xtatiladi (3-rasm).
Tomirlarga ligatura qo‘yish – bu qon to‘xtatishning muhim
usulidir. Qon oqayotgan tomirlar ipak ip yoki ketgut bilan bog‘-
lanadi. Tomirni topib, pinset bilan ushlab yengil tortiladi, so‘ngra
28
pinsetning pastki tomonidan ligatura qo‘yib
xirurgik tugun bilan bog‘lanadi. Ipning uchini
0,5 sm qoldirib qirqiladi. Ipni atrof to‘qima-
lardan o‘tkazib uni birgalikda qo‘shib bog‘la-
nadi. Ayrim hollarda tomirlarning qon oqayot-
gan
joyidan uzoqda, tomir yo‘nalishida bog‘-
lam qo‘yiladi.
Fizik usullar asosan, qon oqishini to‘xtatish
uchun sovuq va issiq qo‘llashga asoslanadi.
Ba’zan bo‘g‘im bo‘shliqlari va chuqur joylash-
gan to‘qimalardan qon oqishda sovuq loy
surtiladi. Issiq
usul sifatida qon oqayotgan
joyga qizdirilgan metallar bosiladi. Shunda u
yerdagi to‘qimalar qurib, burishadi,
natijada
tromb hosil bo‘lib, qon oqishi to‘xtaydi. Ba’zan qon oqayotgan
yuzaga qaynoq suvga botirilgan tampon qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: