Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
veterinariya jarrohligi

4-rasm. Jarrohlik ignalari: a) egilgan; b) yarim doira; d) to‘g‘ri; e) ichaklar 
uchun; f) ko‘z uchun; g) lo‘lali baxiya uchun; h) Deshan ligatura ignasi; i) va 
j) jarohatlar uchun 











30 
Igna tutqichlar – ignalarni to‘qimalardan teshib o‘tkazishda, 
fiksatsiya qilish va jarroh haroratini ignaga yo‘naltirishga mo‘ljal-
langan Troyanov, Matye, Gegar igna tutqichlari jarrohlik amali-
yotida keng tarqalgan bo‘lib, ular bir-biridan tuzilish jihatidan farq 
qiladi. Igna tutqich uchining o‘rta, kengaygan qismi bilan o‘rnatil-
gan igna qisib mustahkam ushlanadi. 
Jarrohlik pinsetlari: jarohat chetlaridan igna sanchib o‘tkaz-
ganda fiksatsiya qilishda yordam beradi. 
 
Laboratoriya mashg‘uloti. 
Chok turlari. Organ va to‘qimalarning fizik-mexanik sifatiga, 
funksional ish bajarish xarakteriga va ular butunligining buzilish 
darajasiga bog‘liq holda jarrohlik choklarining xilma-xil turlari 
taklif qilingan. Bularning barchasi ikki asosiy turga: uzlukli va 
uzluksiz choklarga bo‘linadi. 
Oddiy tugunli chok – har biri 15–25 sm uzunlikda kesilgan 
alohida iplar olinadi. Jarohat lablari pinset bilan fiksatsiya qilinib, 
ip o‘tkazilgan igna jarohat labidan 0,5–1,5 sm uzoqlikdan suqiladi, 
teshib o‘tkazilgandan so‘ng, ignani jarohatning ikkinchi labining 
ichki yuzasidan suqib, 0,75–1,5 sm uzoqlikdan chiqariladi. Har bir 
ip o‘tkazilgandan keyin jarohat lablari bir-biriga to‘g‘rilanib, lab- 
larning yonbosh tomonida bog‘lanadi. 
Vaziyatli (situatsionniy) chok – lablari to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan 
uzun jarohatlarni tikishda foydalaniladi. Birinchi chok bog‘lamini 
jarohatning o‘rtasiga qo‘yib, keyin har tomonidan bittadan chok 
qo‘yiladi, so‘ngra shu usulda davom ettiriladi. 
Yostiqchali chok – lablari bir-biridan uzoq, taranglashgan jaro-
hatlarni yopishga mo‘ljallangan. Yo‘g‘on, qattiq ipak ipni igna te-
shigidan uchlarini bir-biriga teng qilib o‘tkaziladi. Halqani jarohat-
ning qarama-qarshi tomoniga o‘tkazib, igna teshigidan chiqariladi. 
Hamma choklarning halqasiga rezina trubka yoki dokali tampon 
qo‘yib, ip uchlari tortib bog‘lanadi. 
Halqasimon chok – to‘qimalarni yorilib ketishdan saqlaydi. Uni 
jarohat terisiga, muskullar nuqsoniga, kuchli taranglashib turgan 
aponevrozlarga qo‘yiladi. 


31 
Terida qavatlar hosil qiluvchi choklar – kindik dabbalarida 
operatsiya o‘tkazilganda qo‘l keladi. Teriga tugunli chok qo‘yiladi, 
oxirgi chokdan keyin ustiga doka qavati quyilib uning ortiqcha 
qismi alohida tugunli chok bilan tikiladi. 
Uzluksiz choklar – teri jarohatining lablari keng ochilmaganda, 
qorin devorida chuqur choklar qo‘yishda, yirik hayvonlarda katta 
qorin va yo‘g‘on ichaklar jarohatlarini yopishda qo‘llaniladi. 
Mo‘ynado‘zli chok – birinchi bog‘lamga jarohatning burchagida, 
ignaning teridan chiqqan joyida tugun qo‘yiladi. Keyingilari jarohat 
labidan bir xil uzoqlikda o‘tkazilib boriladi. Ip bo‘shab ketmasligi 
uchun yordamchi ipni har teshib o‘tkazilgandan keyin yengil tortib, 
jarohat lablarining teng va qattiq tortilib turishini ta’minlaydi. 
Oxirgi bog‘lamda ip jarohat labidan ikki qavat qilib o‘tkazilib, 
ikkinchi tomondan qolgan ipning uchiga tortib bog‘lanadi. 
Matrasli chok – chok bog‘lamlari kesib ketish xavfi bo‘lgan 
to‘qimalarga qo‘yiladi. 
Xaltachali chok – uncha katta bo‘lmagan yumaloq jarohatlarga 
hamda tabiiy teshiklarni vaqtincha yopishda qo‘llaniladi. Ipni jaro-
hat yoki teshik lablariga parallel yo‘nalishda ignani teri qatlamiga 
sanchib-chiqarib, ipning oxirgi uchlari tortib bog‘lanadi (5-rasm). 
Ichaklarda qo‘yiladigan choklar. Bu turdagi choklar serozli par-
da bilan qoplangan, kovak organlarga quyiladi. Ichaklarga chok qo‘-
yish bir-biriga tegib turgan serozli pardalarning tomirlardan sizib 
chiqqan fibrinlar yordamida tezda yopishib, bitishiga asoslangan. 
Chokni serozli parda tomondan qo‘yib igna ichakning kesilgan che-
tidan 5–8 mm uzoqlikda suqib, 1–2 mm qoldirib chiqariladi, ichak 
labining ikkinchi tomonidan teskari tartibda o‘tkaziladi. Ip va igna 
muskul qavatining ichidan o‘tadi. Iplarni bog‘langanda serozli par-
dalar bir-biriga tegadi, yara uchlari ichak ichiga qaytariladi (6-rasm). 
Shmiden choki – katta qorin va shirdonda, yo‘g‘on ichaklarda 
operatsiya o‘tkazilganda qo‘llaniladi.Bu uzluksiz chok bo‘lib, bi-
rinchi qo‘yilgani bog‘lanib, uning qolgan qismlari shilimshiq parda 
tomonidan igna suqilib, organ devorining hamma qavatlari teshib 
o‘tkaziladi. Yordamchi ipni tortib ushlab, yara lablari ichiga qay-
tishi va serozli pardalarning yopishishini ta’minlaydi. 


32 
Pirogov – Cherninning ikki qatorli choki – 
siydik pufagi devoriga qo‘yiladi (7-rasm). 
Birinchi qatorni qo‘yishda ignani serozli 
parda tomonidan suqib, jarohat yorig‘idan 
muskul va shilliq parda oralig‘idan chiqa-
riladi, so‘ngra jarohatning ikkinchi labidan 
yuqorida qayd qilingandek qatlamlar ora-
sidan ignani suqib, serozli yuzadan chiqariladi va ip uchlari 
bog‘lanadi. Ikkinchi qator chokni Lashber usuli bilan qo‘yiladi. 
Paylarga qo‘yiladigan choklar – shikastlangan muskullarning 
chuqur pay qatlamlariga novakain in’eksiyasidan yoki narkoz 
o‘tkazilgandan so‘ng (ular to‘liq bo‘shashadi) qo‘yiladi. Tikuv 
materiali sifatida sulema eritmasiga botirib olingan ipak yoki 
lavsanli ipdan foydalaniladi. Chok qo‘yishdan oldin pay uchlari 
tozalanib qon to‘xtatuvchi pinset yordamida ushlanadi. Dastlab, ip 
payning bir uchidan, to‘g‘ri burchak bo‘ylab, uzunasiga o‘qi orqali 
chok qo‘yiladi. So‘ngra ikkinchi marotaba ip uchlarini 45
o
burchak 
bilan o‘tkaziladi. Payning ikkinchi uchiga yuqoridagiga teskari tar-
tibda chok qo‘yilib, pay bo‘laklari tortiladi va ip uchlari bog‘lanadi. 
Tixonin choki – yirik hayvonlarda paylar uzilgan hollarda qo‘l-
laniladi. Pay uchlari uchta har xil tekislikka qo‘yilgan uch dona sir-
kularli bog‘lamlar orqali birlashtiriladi. Birinchi bog‘lam payning 
a b d 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin