Vetinariya 2016. pmd


-mavzu. Jarrohlik operatsiyalari elementlari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
veterinariya jarrohligi

5-mavzu. Jarrohlik operatsiyalari elementlari. 
Jarrohlik operatsiyalari turlari 
Ko‘pchilik jarrohlik operatsiyalari uch asosiy qismdan iborat 
bo‘ladi: to‘qimalarni kesib ajratish, qon oqishini to‘xtatish va chok 
qo‘yish. 
Har bir qonli operatsiyalar to‘qimalar butunligining buzilishi 
bilan bog‘liq. Shu sababli to‘qimalarga nisbatan ehtiyotlik talab qi-
linadi. Buning uchun veterinariya vrachlarini jarrohlik operatsi-
yalari o‘tkazishga tayyorlash zarur. To‘qimalarni kesganda qancha-
lik ehtiyot bo‘linsa, ularning bitishi shunchalik tez va yaxshi bo‘ladi. 
Yumshoq to‘qimalarni ajratish. Yumshoq to‘qimalarni kesganda 
katta qon tomirlar, nerv tolalarining shikastlanishiga hamda mus-
kullarning ko‘ndalang yo‘nalishda kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik za-
rur. Agar muskul tolalarining yo‘nalishi qon tomir-nerv bog‘lamlari 


26 
yoki chiqaruv yo‘llari yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmasa muskul tolalari 
kesiladi. Muskul tolalarini ko‘ndalang kesish patologik to‘qima-
larga yoki organlarga kirish uchun hamda jarohatdan ajralayotgan 
suyuqlikning erkin oqib chiqib ketishini ta’minlash zarur bo‘lganda 
ham bajariladi. Shu sababli to‘qimalarni kesishda operatsiya 
o‘tkazuvchi kesish uzunligi, shakli va yo‘nalishini to‘liq tasavvur 
qilgandan keyingina ishga kirishadi. 
Kesish uzunligi – shikastlangan joyning kengligiga bog‘liq 
bo‘lmay, balki to‘qimalarning chuqur joylashishiga ham bog‘liqdir. 
Operatsiya qilinadigan organ qancha chuqur joylashgan bo‘lsa, uni 
qoplab turuvchi qavatlarni kesish shuncha uzun bo‘ladi. To‘qima- 
larni kesish, albatta, jarrohlikning asosiy qoidalariga amal qilgan 
holda olib borilishi zarur. Kesish kattaligi talab qilingan darajada 
katta bo‘lish bilan birga, to‘qimalarning kamroq shikastlanishini 
ta’minlashiga xarakat qilinadi. 
Kesish shakli – ko‘pincha to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi. Lekin o‘sma, 
yara va oqmalarni eksterpatsiya qilinganda kesish urug‘simon 
shaklda bo‘ladi. Bundan tashqari to‘plangan ekssudatning to‘la 
oqib chiqishini, chuqur to‘qimalarga kirib borishni ta’minlash 
uchun turli shakldagi yamoqsimon kesishlar: burchakli, taqasimon, 
T harfli va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. 
Kesish yo‘nalishi – teri burmalari, jun qoplamasining o‘sishi va 
eng muhimi, chuqur yotgan nerv-qon tomir bog‘lamlari, paylar, pay 
qinlari va boshqa hayotiy muhim organlar joylashuviga hamda 
ularning yo‘nalishiga qarab kesiladi. 
Suyak ajratish – suyaklarni to‘liq kesish uchun varaqli (plastiksi-
mon), yoysimon, simsimon arralardan, qovurg‘a pichog‘i va qovur-
g‘a qaychilaridan foydalaniladi. Qovurg‘a pichog‘i va qovurg‘a qay-
chilari bilan qovurg‘alar qirqiladi. Suyak qobig‘ini respotorlar bilan 
suyakning ilik qismi,oqma devorlarini o‘tkir qoshiqchalar (kyuret-
kalar) bilan qirib olinadi,ajralgan va o‘lgan to‘qimalar olib tashlanadi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin