Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
veterinariya jarrohligi

Laboratoriya mashg‘uloti. 
Sezuvchanlikni kamaytirish, reflekslarni susaytirib muskullarni 
bo‘shashtirish uchun xloralgidrat va tiopental natriy ishlatiladi. 
Bularni qon tomirga, og‘iz va to‘g‘ri ichak orqali yuboriladi. 
Narkozdan 20 minut oldin muskul orasiga 5 ml 1% li atropin yu-
borib, premedikatsiya o‘tkazish lozim. Narkozni kuchaytirish maq-
sadida muskullar orasiga murakkab aralashma eritmasi yuboriladi. 
Qon tomir orqali anesteziya qilishda venaga sekinlik bilan 
xloralgidrat yuboriladi, bunda uni teri ostiga tushishining oldini 
olish lozim, chunki to‘qimalarning qitiqlanishi natijasida yallig‘-
lanish rivojlanadi. 
Og‘iz orqali anesteziya – faqat karaxt qilish uchun qo‘llaniladi, 
bu hayvonni yiqitish yoki tik holatda fiksatsiya qilishga yordam 
beradi. Narkozdan bir sutka oldin hayvonga suv berilmaydi. 1 kg 
tirik vaznga 0,1 g xloralgidrat olinib, 2–3 g kepak eritmaga qo‘shib 
beriladi, ta’siri 10-20 minutdan keyin boshlanadi. 
Mahalliy og‘riqsizlantirishning qo‘llanish usullari va joylashi-
shiga qarab uning quyidagi turlari farqlanadi: yuza (surtish), infilt-
ratsion, o‘tkazuvchan, intravaskular, epidural. Bulardan tashqari 
mahalliy og‘riqsizlantirish diagnostika maqsadida hayvonlarning 
oqsash belgilarini aniqlash, shuningdek, ularni patologik davolash 
sifatida ham qo‘llaniladi. 


23 
Mahalliy og‘riqsizlantirish usulini qo‘llanishiga qarab novakain 
eritmasining % o‘zgarib turadi masalan, 0,25 % dan boshlab 20 % 
konsentratsiyagacha ishlatiladi. Bu usulni qo‘llash uchun: shpris, 
sanchish ignasi, eritma uchun idish kerak bo‘ladi. 
Infiltratsion anesteziya uchun quyidagi resept tayyorlanadi: 
Rp: Natri chloridi purissimi 50 
Kalli chloridi 0,75 
Calcii chloridi 0,125 
Novacaini 2,5 
Aquae destillata 1000,0
Sol.adrenalini 1:1000 – 20 
M.f.solutio Sterilisata 
Paravertebl anesteziya – umurtqalararo teshik oralig‘idan chi-
qish nuqtasiga blokada o‘tkazish. 
Parasakral anesteziya – dumg‘aza umurtqalarining ventral 
joylashgan teshiklaridan chiqqan joyida blokada o‘tkazish. 
Paralyumbal anesteziya – bel umurtqalarining qovurg‘a ko‘n-
dalang o‘simta uchlari tekisligida blokada o‘tkazish. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin