17
beriladi. So‘ngra yodning 5 % li eritmasi bilan tirnoq oralari va
burmalari artiladi.
Olivkov usuli – qo‘llar 5 minut davomida issiq suvda cho‘tka
bilan sovunlab yuviladi, toza sochiq bilan quritiladi. So‘ngra 3
minut davomida 1:1000 yodning spirtdagi
eritmasi bilan ishlov
beriladi va tirnoq uchlariga yod eritmasi surtiladi.
Kiyashov usuli – qo‘llar 5 minut davomida ikkita tosga qo‘yilgan
0,5 % li nashatir spirti eritmasida yuviladi, keyin 3 minut davomida
3 % li rux sulfati eritmasi bilan tozalanadi, tirnoq oralig‘iga yod
eritmasi surtiladi.
Jarrohlik qo‘lqoplarini ishlatishda quyidagilarga e’tibor qilish
lozim:
1)
qo‘lqop ichiga va sirtiga talk talqoni
sepib avtoklavda ste-
rillash;
2)
15 minut davomida dokaga o‘rab suvda qaynatish;
3)
qo‘lqoplarni kiygandan keyin ularni 70
o
li spirt bilan artish;
4)
operatsiya vaqtida qo‘lqoplarning butunligini diqqat bilan
kuzatish, yirtilganda ularni tez almashtirish va boshqalar.
Qo‘lqoplarni, asosan, avtoklavda va distillangan suvda qaynatish
orqali
sterilizatsiyalanadi, qaynatish vaqti 15–20 minut.
Kozlovskiy usuli: 10 % li spirtli sovun eritmasi qo‘lqoplarni steril
qilish kuchiga ega (uni kiyishga katta yordam beradi). 30 minut
davomida qo‘lqoplarni 1:500 sulema eritmasida saqlab, keyin ishla-
tish mumkin.
Operatsiyadan so‘ng qo‘lqoplar issiq suvda yuviladi. Agar yi-
ringli operatsiya o‘tkazilgan bo‘lsa uni yuvishdan tashqari 2 % li
lizon eritmasi bilan tozalanadi.
Dostları ilə paylaş: