Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
veterinariya jarrohligi

Aseptika – yaralarni davolashda ishlatiladigan hamma asbob-
larni fizik omillar ta’sirida zararlantirish. Bunda asbob-anjomlar 
qaynatiladi yoki bug‘ bosimi ostida avtoklavda qizdiriladi. 
Hozirgi kunda aseptika tushunchasini antiseptikadan ajratib 
bo‘lmaydi. Ular bir-birlarini to‘ldirib, jarrohlik sohasida bir butun 
aseptik-antiseptik kompleksni tashkil etadi. 
Veterinariya sohasida aseptik-antiseptik tadbirlar kompleksiga 
quyidagilar kiradi: 1) jarrohlik xonasini yaraga tushishi mumkin 
bo‘lgan mikroblardan zararsizlantirish; 2) jarroh qo‘llarini opera- 
tsiyaga tayyorlash; 3) hayvonlarni hamda operatsiya qilinadigan 
maydonni tayyorlash; 4) asboblarni sterilizatsiya qilish; 5) bog‘lov 
materiallari bilan xirurgik kiyimlarni sterilizatsiya qilish; 6) yara-
larni tikish uchun ishlatiladigan materiallarni sterilizatsiya qilish; 


11 
7) qo‘l- qopni sterilizatsiya qilish; 8) operatsiyada paydo bo‘lgan 
yarani yiringlab, zo‘rayishidan saqlaydigan boshqa qo‘shimcha 
profilaktik tadbirlar (antibiotiklardan foydalanish). 
Operatsiya xonasi, bog‘lov xonasi, stanoklarning tuzilishi
va jihozlanishi, hayvonlarni operatsiyaga tayyorlash 
 
Jarrohlik amaliyotida ko‘pgina jarrohlik asboblari qo‘llaniladi. 
Jarrohlik asboblarini ishlatishda quyidagi umumiy qoidalar mavjud:
1. Barcha operatsiyalarni bajarishda faqat ishga yaroqlilarini 
qo‘llash. 
2. Har bir asbob faqat o‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanilishi. 
Xirurgik asboblar operatsiya o‘tkazish vaqtida infeksiya manbai 
bo‘lishi mumkin. Operatsiya natijalari yaxshi bo‘lishi uchun asbob-
larni operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyin sterilizatsiya 
qilish zarur. 
Asboblar sterilizatsiyasi asosan, ikki xil usulda o‘tkaziladi. 
Issiq usul – bu yuqori darajali harorat ta’sirida asboblar yuzasi-
dagi mavjud mikroblarni yo‘qotish. Bu usul quyidagilarga bo‘li-
nadi: qaynatish, olovda kuydirish (flambatsiyalash) – issiq havoni 
qo‘llash (oxirgi paytlarda avtoklav yordamida amalga oshiriladi). 
Veterinariya sohasida qaynatish keng tarqalgan usul bo‘lib 
hisoblanadi. Asboblarni qaynatish uchun sterilizator (qaynatgich) 
dan yoki biror bir emallangan qopqoqli idishdan foydalanish 
mumkin. Sterilizator ikki xil bo‘ladi: oddiy va elektrli. Ular metall- 
dan yasalgan qopqoqli idish va unga quyiladigan to‘r plastinadan 
iborat bo‘ladi. Qaynatishdan oldin barcha operatsiyaga kerakli 
asboblarning ishga yaroqliligi tekshiriladi, yangilaridan surtmasi 
artiladi. Murakkab asboblar qismlarga ajratiladi, ignalar mandren 
bilan tozalanadi, asboblar dokaga o‘raladi. 
Qaynatish usuli birinchi marta 1988-yilda Davidson va Kummar 
tomonidan tavsiya etilgan. Ular asboblarni oddiy suvda 5–10 minut 
davomida qaynatganlar. Sterilizatorga yetarli miqdorda suv yoki 
eritma quyiladi, suv asboblar yuzasidan 1–2 sm yuqoriroq 
ko‘tarilishi kerak. Chunki Xoxrakov ma’lumotlariga ko‘ra suvga 
botmagan asboblarga namlik, kislorod, askorbin kislota ta’sir etib 


12 
ularning zanglashini tezlashtiradi. Shprislarni qismlarga ajratib 
distillangan suvda qaynatish lozim. Ularni ishqorli eritmalarda 
qaynatish mumkin emas, chunki ular shprisning shisha devorida 
qolib mahalliy og‘riqsizlantiruvchi moddalarning parchalanishiga 
olib keladi. Rezinali asboblar distillangan suvda dokaga o‘ralgan 
holda qaynatiladi. 
Kuydirish usuli – bu usul tezkorlik bilan bajarilayotgan 
operatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin. Buning uchun asboblar 
emallangan idishga solinadi, ustidan 96
o
li spirt quyib yoqiladi, 
biroz sovugandan keyin ularni ishlatish mumkin. Olov ta’sirida 
mikroblar tez nobud bo‘ladi, lekin bir necha marta bu usul 
qo‘llanilgandan so‘ng asboblar xiralashib ishdan chiqadi. Bundan 
tashqari bu usul xavfli, chunki qizib turgan asboblar xirurgning 
qo‘lini kuydirishi mumkin. 
Issiq havo yordamida sterilizatsiya qilish – buning uchun 
asboblar quritgich shkafga qo‘yiladi va 150–160° haroratda 20–30 
minut davomida sterilizatsiya qilinadi. 
Avtoklav usuli – uni bir joyda ishlatish mumkin. Buning uchun 
xirurgik asboblar bokslarga ishlatilish guruhlariga qarab solinadi va 
atmosfera bosimida 40 minut davomida avtoklavda sterilizatsiya 
qilinadi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin