Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
veterinariya jarrohligi

 
 



I bo‘lim 
 
OPERATIV JARROHLIK 
 
1-mavzu. Jarrohlik kasalliklari va jarrohlik 
operatsiyalarini tashkil etish 
 
Jarrohlik kasalliklari – davolashda patologik jarayonga 
maxsus mexanik usullarini talab qiluvchi kasalliklardir. 
Operatsiya to‘g‘risida gapirilganda, odatda qonli operatsiyalar 
ko‘zda tutiladi. 
Operatsiya qilinganda hosil bo‘lgan yara har qanday boshqa 
yara, masalan, ish vaqtida yuz bergan yara (ishlab chiqarishdagi) 
singari bir qator jiddiy xavf bilan bog‘liqdir. Birinchidan, har 
qanday yaraning paydo bo‘lishida qattiq og‘riq seziladi. Periferik 
nerv sistemasi orqali markaziy nerv sistemasiga keladigan bu og‘riq 
sezgilari travmatik shokni hosil qilishi mumkin. Ikkinchidan, har 
qanday yaralanishdan qon oqadi va yara tezda infeksiyalanadi, 
ya’ni unga yiring paydo qiluvchi mikroblar tushishi mumkin. Bu 
hol zo‘rayib ketsa, kasal hayvonni o‘limga olib kelishi mumkin. 
Lekin hozirgi zamon fani bunday xavfni tamoman bartaraf etishga 
imkon beradigan aseptika va antiseptika choralarini ishlab chiqdi. 
Antiseptika – yaralarni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblardan 
mexanik, fizik va kimyoviy omillar bilan tozalash (grekcha anti – 
qarshi, septica – mikrob) hamda yaralarning yiringlab, zo‘rayib keti-
shining oldini olish. Hozirgi kunda to‘rt xildagi antiseptika mavjud. 
Mexanik antiseptika – yaralarni 1,5–3 kecha-kunduz ichida 
xirurgik tozalash. Bunga yaralarni kesib kattalashtirish, qisman 
kesib olib tashlash, tamponda tozalash va boshqalar kiradi. 
Fizik antiseptika. O‘rta tuzlarning gigroskopik kukunlarini 
yaraga sepish, 10–20 % li gipertonik eritmalarni ishlatish, yaralarni 
ochiq usulda davolaganda shamollatib quritish, yara ekssudatlarini 
so‘rib, shimadigan bog‘lam va drenajlar qo‘yish. 



Kimyoviy antiseptika. Organik va anorganik kimyoviy birik-
malar yordamida patogenli mikroblarning hayot faoliyatini, viru-
lentligini kuchsizlantirish, yara to‘qimalarining reaktivligini ku-
chaytirish, operatsiya qilinadigan maydon, xirurgning qo‘li, tikuv 
materiallari, qo‘lqop va asboblarni zararsizlantirish. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin