4
Veterinariya jarrohligi fanining maqsad va vazifalari
Jarrohlik – xirurgiya yunoncha «qo‘l harakati» degan ma’noni
beradi. Demak, u yoki bu kasalliklami davolashda qo‘l yoki
mexanik ta’sir (operatsiyalar) talab qilingan.
Qadimdan odamlar o‘z-o‘ziga yoki bir-birlariga yordam berib,
jarohatdan oqayotgan qonni to‘xtatish uchun jarohatni bosib turish,
yaralarga kul sepish kabi oddiy usullardan foydalanganlar.
Xirurgiya dastlab fan va madaniyati rivojlangan davlatlar (Misr,
Hindiston, Yunoniston, Xitoy, Vizantiya)da shakllangan. 1731-
yilda Parijda Xirurglar Akademiyasiga asos solinadi va shundan
so‘ng xirurgiya fan sifatida taraqqiy eta boshlaydi.
Umuman olganda, xirurgiya 3 bosqichda rivojlandi: 1) qadimgi
zamonlardan antiseptika davrigacha (1860); 2) antiseptika davri
(1860–1890); 3) aseptika davri – hozirgi davr.
Hozirgi zamon xirurgiya fani kimyo, fizika, molekulyar bio-
logiya, fiziologiya kabi sohalardagi yutuqlar natijasida rivojlanib
bormoqda.
Bugungi kunda xirurgik yo‘l bilan davolash faqatgina operatsiya
qilishdan iborat bo‘lib qolmasdan, balki umumiy davolash
choralarini ham amalga oshiradi. Bularga dori-darmonlar, parhez,
fizioterapevtik va boshqa davolash usullari kiradi. Hozirgi kunda
operativ, umumiy va xususiy xirurgiya tafovut qilinadi.
Veterinariya jarrohligi fanining rivojlanishi
Xirurgiya (jarrohlik) ilm - fan sifatida jamiyat rivojlanishi bilan
bir vaqtda vujudga kelgan, lekin XX asrning ikkinchi yarmidan
boshlab fan sifatida taraqqiy eta boshladi. Mahalliy va umumiy
og‘riqsizlantirish usulining ochilishi, aseptika va antiseptika tu-
shunchasining fanga kirib kelishi, topografik anatomiyani o‘rga-
nish va boshqalar hozirgi zamon xirurgiya fanining rivojlanishi
uchun asos bo‘ldi.
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida rus veterinariya jarrohlari
tomonidan har xil qishloq xo‘jalik hayvonlarida uchraydigan qator
kasalliklarni operatsiya qilish va davolash usullari ishlab chiqildi.
5
Rus olimlari professor Y. N. Yanovskiy, V. A Vivolodov,
M. A. Malsev, L. S. Sopojnikov, S. P. Mamadishskiy, P. P. Krilov,
o‘zbek olimlari S. N. Vohidov, V. A. Polyakov, X. K. Rustamov va
boshqalar veterinariya xirurgiyasining asoschilaridir.
1990-yilda I. I. Magda muallifligida «Operativ xirurgiya» fani-
dan yangi darslik yaratildi. 1991-yilda M. I. Kovalev muallifligida
«Qishloq xo‘jalik hayvonlari topografik anatomiyasi asosida
operativ xirurgiya» darsligi, 1995-yilda K. I. Petrakovning «Amaliy
veterinariya jarrohligi» kitobi bosmadan chiqdi. So‘nggi yillarda
nerv tolalari novakain blokadasi bo‘yicha yangi usullar ishlab
chiqarildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida juda katta o‘zgarishlar bo‘l-
ganligi tufayli jamoa va shirkat xo‘jaliklari, yirik chorvachilik
komplekslari o‘rniga xususiy va fermer xo‘jaliklari paydo bo‘ldi.
Shaharlarda it, mushuk va boshqa hayvonlarni uy sharoitida bo-
quvchilar ko‘payib ketdi. Shu sababli veterinariya xirurgiyasida
yangi diagnostik usullar: ultratovush tekshirishlar, bo‘g‘inlar art-
roskopiyasi, bo‘g‘inlar displaziyasi diagnostikasi va boshqalar
vujudga keldi.
Jarrohlik yo‘li bilan davolanadigan kasalliklarning rivojlanish
qonuniyatlari, patologik jarayonlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy
bog‘langan holda tekshirish xirurgiyada yangi ilmiy asoslangan
profilaktik tadbirlarni ishlab chiqishga asos soldi. To‘qimalarda
bo‘ladigan jarohatli, yiringli, yiringli-nekrotik jarayonlarning og‘ir-
lashuvida onkoserkoz, brusellyoz kabi kasalliklarning ishtirok
etishi o‘rganildi.
Veterinariya jarrohligining rivojlanishida bu fanning yangi tar-
mog‘i artrologiya vujudga kelib, o‘zining yangi davolash usullarini
yaratdi. Veterinariya jarrohligi fanining, ayniqsa, otlar va kavsh
qaytaruvchi hayvonlarda o‘tkaziladigan jarrohlik operatsiyalarning
yutuqlari ham kam emas. Hozirgi vaqtda otlarning ichaklarida,
kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida uchrab turadigan
har xil toshlar, yot jismlarni olib tashlash oddiy operatsiya bo‘lib
qoldi. Hayvonlarni uxlatish maqsadida narkoz hosil qiluvchi dori-
larni qo‘llash hamda mahalliy anesteziya (og‘riqsizlantirish)dan
keng foydalanish veterinariya jarrohligi fanining rivojlanishini
yanada tezlashtirib yubordi.
6
Veterinariya jarrohligi hayvonlarga qon quyish muammosini
ko‘tarib chiqdi va bu sohada ham katta yutuqlarga erishdi. Otlar-
ning qon guruhlarini aniqlash va qon quyish texnikasini takomil-
lashtirish qator kasalliklarni davolashda keng imkoniyatlar yaratdi.
Dostları ilə paylaş: |