Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
veterinariya jarrohligi

Amaliy mashg‘ulot. 
Teri orasiga in’eksiya qilish – ko‘pincha allergik preparatlarni 
hayvonlarda yuqumli kasalliklarga diagnostik tekshirish o‘tka-
zilganda bajariladi. Buning uchun 2 ml li shprislar va maxsus 
ignalar qo‘llaniladi. Ikki barmoq orasiga qisib ushlangan ignani teri 
orasiga uning yuzasiga parallel ravishda sanchiladi. Sanchish joyi 
katta hayvonlarda bo‘yin yonboshining o‘rta qismi, kichik 
hayvonlarda – dum osti terisiga; cho‘chqalarda quloqning tashqi va 
ichki yuzasi, parrandalarning halqasiga yuboriladi. 
Teri ostiga in’eksiya qilish – asosan, ko‘proq suvli, kamroq 
yog‘li eritmalar yuboriladi. Suspenziyali, gipertonik va qitiqlovchi 
eritmalar yuborish taqiqlanadi, chunki bu moddalar infiltratli 
 
1-rasm. Shprislar: 1) Rekord; 
2) yugurdakli; 3) Lyuyer shi-
shali shprisi; 4) plastmassali; 
5) Jane shprisi; 6) ignasiz ve-
terinariya in’ektori (IBV-01) 

1 2 3 4 5 


25 
yallig‘lanish va nekrozlar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Igna tortib 
ko‘tarilgan teridan sanchib o‘tkazilib, teri ostiga yuboriladi – ot va 
qoramollarda bo‘yinning yonbosh yuzasiga, ko‘krak ostiga, qo‘y-
larda – sonning ichki yuzasiga, it va mushuklarda bo‘yniga, ko‘krak 
to‘shiga yuboriladi. Dorilarning ta’siri 10–15 minutdan keyin 
boshlanadi. 
Muskul orasiga in’eksiya qilish – bu kam og‘riqli usul bo‘lib, 
suvli-yog‘li eritma va suspenziyalar yuboriladi. Qitiqlovchi 
moddalar yuborish taqiqlanadi. Muskullar qon tomirlar bilan yaxshi 
ta’minlangan bo‘lib, dorilarning so‘rilishi tez kechadi. Katta 
hayvonlarda in’eksiya joyi – son orqasidagi chuqur muskullari
bo‘yin muskullari, ko‘krak oldi, yelkaning uch boshli muskuli. 
Cho‘chqalarda - quloq asosida, bo‘yin muskullari, it va mushuklar-
da – son orqasi muskullari, sonning ichki yuzasi, yelkaning uch 
boshli muskuli, parrandalarda to‘sh va son sohasi hisoblanadi. 
Vena ichiga in’eksiya qilish – faqatgina suvli eritmalardan foy-
dalaniladi, chunki suspenziya va yog‘li eritmalar emboliya chaqi-
rishi mumkin. Venaga in’eksiya qilish tez davolashga erishish maq-
sadida, ko‘p miqdorda suyuqlik quyish kerak bo‘lganda yoki bosh-
qa yo‘llar orqali dori yuborish mumkin bo‘lmaganda bajariladi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin