Vetinariya 2016. pmd


-mavzu. Hayvonlarni fiksatsiya qilish



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
veterinariya jarrohligi

2-mavzu. Hayvonlarni fiksatsiya qilish 
 
Fiksatsiya – fransuzcha fixation, lotincha fuxus so‘zlari ma’lum 
narsani aniq va qat’iy ushlab turish ma’nosini bildiradi. Veterina-
riya amaliyotida jarrohlik operatsiyalari va boshqa davolash ish-
larini bajarishda qulayliklar tug‘dirish uchun hayvonni kerakli 
muayyan holatga keltirib ushlab turish, operatsiya o‘tkaziladigan 
joyga kirish uchun qulay yo‘l ochish va operatsiya o‘tkazish 


18 
davomida hayvonning xalaqit bermasligi uchun uning harakatini 
cheklash maqsadida qo‘llaniladi. Operatsiya o‘tkazishda hayvon 
fiksatsiya qilinmasa o‘zini shikastlashi, jarroh va yordamchilar 
hayotiga xavf solishi mumkin. 
Asabi zaif va kuchsiz bo‘lgan hayvonlarni fiksatsiya qilish 
davrida kuch ishlatish hayvonning umumiy holatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi, bu esa operatsiyani muvaffaqqiyatli o‘tkazishga salbiy 
ta’sir qiladi. Shu tufayli fiksatsiyani boshlashdan oldin hayvonlarga 
tinchlantiruvchi va uxlatadigan farmokologik dori vositalari 
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Hayvonlar turiga qarab fiksatsiya o‘tkazish usullari juda ko‘p va 
xilma-xildir. Bularni to‘g‘ri tanlash operatsiyaning yaxshi o‘tishini 
ta’minlaydi. Har bir o‘tkaziladigan operatsiya o‘zining xususiyati, 
og‘riqsizlantirish usuli, hayvonning yoshi, jinsi, mijozi, kuchi va 
uning xulqiga bog‘liq bo‘ladi. Ot va qoramollarda o‘tkaziladigan 
ko‘pchilik operatsiyalarda agar mahalliy yoki umumiy og‘riqsiz-
lantirish ijobiy bo‘lsa, operatsiyani hayvon tik turgan holatida o‘t-
kazish mumkin (ularni yiqitish shart emas). Kichik hayvonlarda 
esa, aksincha, operatsiyalar doimiy ravishda ularni yotqizilgan ho-
latida o‘tkaziladi. 
Jarrohlik stollari. Veterinariya amaliyotida yirik hayvonlarni 
fiksatsiya qilish uchun, albatta, dastgoh (stanok) zarur. Hozirda 
Kitayev va Vinogradovlarning qismlarga ajraladigan va turlicha 
o‘zgaradigan dastgohlari keng qo‘llanilmoqda. Ular qulay va 
oddiy, parallel bruslar tipidan, lekin Vinogradov dastgohi universal 
hisoblanadi. 
Jarrohlik stollarining bir necha turlari mavjud. I. Shemaytis va 
A. Yurevigus stoli ham keng tarqalgan. Uning poydevori metalldan 
yasalgan bo‘lib, elektromotor va harakatchan qopqoq bilan jihoz-
langan, bu stolni gorizontal va vertikal vaziyatlarga keltirish mumkin. 
Sapojnikovning operatsiya stoli tuzilishi jihatidan eng oddiy 
hisoblanadi. Ikki taraflama qo‘shaloq chorcho‘p va taxtali tom 
sahnidan tuzilgan bo‘lib, ikki ilgak orqali aylanishga moslashgan. 
Operatsiya stolining chorcho‘pi va sahni bir-biriga ilmoq orqali
yon tomonlar ham halqalar bilan biriktirilgan. 


19 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin