39
yuqorigi ikki tasma kompressning ustidan, boldirning pastki (distal)
tashqi va ichki yuzasidan yo‘naltirib, ahil payi ustida bog‘lanadi.
Immobilizatsiyalovchi bog‘lamlar – hayvon tanasining qismiga
to‘liq harakatsizlikni va shikastlangan organlarga tinchlikni ta’min-
laydi. Bu bog‘lamlar suyaklar singanda, paylar va bog‘lamlar uzil-
ganda, chiqishlarda va boshqa hollarda qo‘llaniladi. Immobilizasi-
yalovchi bog‘lamlarga shinali va qotiruvchi gipsli bog‘lamlar kiradi.
Shinali bog‘lamlar har xil turdagi shinalardan iborat tayanch
moslamalarga ega bo‘lib, oyoqlar yuqoridagi ko‘rsatkichlar bilan
shikastlanganda, vaqtincha harakatsizlikni ta’minlaydi. Shinali
bog‘lamni qo‘yishda oyoq bo‘g‘imlariga yengil egilgan holat
beriladi. Shikastlangan soha terisi dokali salfetka bilan yopiladi.
Uning ustiga qalinligi 1–1,5 sm dan iborat yog‘sizlantirilgan paxta
qatlam bilan o‘raladi (suyak do‘ngliklariga qalinroq qatlam (astar)
qo‘yiladi va siljuvchi bintli bog‘lam bilan fiksatsiya qilinadi.
Gipsli bog‘lamlar – ko‘pincha hayvonning suyagi shikastlangan
joyini qimirlatmaslik uchun qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: