9
shuningdek qor, odamlar va mebellarning og'irligi kabilar kiradi.
Zilzila va portlash ta'sirlari, gruntlarning notekis cho'kishi
maxsus muvaqqat
yuklarga kiradi.
3. Ta'sir etish usuliga ko'ra yuklar bir karrali, takroriy-o'zgaruvchan va
harakatlanuvchan xillarga bo'linadi.
Bir karrali yuklarga inshootga noldan to oxirgi qiymatiga qadar birvarakayiga
qo 'yiladigan kuchlar sistemasi kiradi.
Takroriy o'zgaruvchi yuklar inshootga ta'sir etayotgan kuchlar sistemasining
bir
tashkiliy qismidirki, bu qism sistemadagi boshqa kuchlarga bog'lanmagan holda
o'zining miqdor va yo'nalishini o'zgartira oladi. Masalan, shamol inshootga boshqa
kuchlardan mustasno ravishda istalgan yo'nalishda va qiymatda ta'sir eta oladi.
lnshootga ta'sir etadigan har qanday transport vositalari
harakatlanuvchi yuklarga
misol bo'la oladi.
4. Ta'sir etish joyiga ko'ra yuklar bir nuqtaga
to'plangan (yig'iq), uzunlik yoki
yuza bo'ylab
yoyilgan (yoyiq) hamda
hajmiy yuklarga bo' linadi.
Ta'kidlab o'tish joizki, real hollarda yukni bir nuqtaga to'plab bo'lmaydi. Aslida
yuk ma'lum yuzachaga ta'sir etadi. Agar yuzachaning o'lchamlari konstruksiya
elementlarining o'lchamlariga nisbatan kichik bo'lsa, ma'lum xatoliklarga yo'l qo'ygan
holda, yuk yuzachaning og'irlik markaziga qo'yilgan, deb qabul qilinadi.
Jism sirtiga ta'sir etuvchi yuklardan tashqari uning hajmi bo'ylab ta'sir etuvchi
kuchlar ham bo'ladi. Jismning xususiy og'irligi, inersiya va magnetizm kuchlari ana
shular jumlasidandir. Hisob jarayonida ular ham jism hajmining ma'lum nuqtasiga
to'planadi. Sanab o'tilgan yuklar klassiflkatsiyasi sxema ko'rinishida berilgan (1.1-
rasm).
Ko'rib o'tilgan tashqi yuklardan tashqari inshootlarga ta'sir
etadigan boshqa
ta'sirlar ham mavjud. Masalan, harorat o'zgarganda element deformatsiyalanadi,
demak unda qo'shimcha ichki kuchlar paydo bo'ladi. Inshootlar uchun zilzila kuchlari
ta'siri ham xatarlidir. Bino va inshootlarni bunday kuchlar ta'siriga hisoblaydigan
alohida usullar bor. Ba'zi inshootlar yong'in (olov) ta'siriga ham hisoblanadi. Buning
sababi shundaki, ba'zi konstruksiyalaming materiali yuqori hararat ta'sirida o'zining
10
mexanik xususiyatini keskin o'zgartiradi va buning oqibatida buzilish sodir bo'lishi
mumkin.
1.1-rasm. Yuklar klassifikatsiyasi.
1.5. BINOLAR
VA INSHOOTLAR SINFLARI
Binolar quyidagi ko'rsatkichlariga ko'ra har xil kategoriyalarga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: