121
!
So‘z yoki so‘zlar orqali ifoda etiladigan fikr gapdir. Bosh-
qacha aytganda, uni mantiq ipiga tizilgan so‘zlar marjoni deyish
ham mumkin. Bu marjon mazmun yuzakiligi yoki teranligiga
qarab, ko‘zmunchoqlar tizimi yoki bir shoda marvarid ham
bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish ham lozimki, eng qadimgi
turkiy so‘zlar qisqa, lo‘nda – bir bo‘g‘inli bo‘lgan:
bosh,
qosh,
ko‘z,
qo‘l,
kul,
bor,
yot,
o‘t va hokazo. Boshqacha aytganda,
ajdodlarimiz bir so‘z ila fikrni to‘la ifodalay olganlar va bu
xislat biz, avlodlarga to hanuz meros bo‘lib kelayotir. Masalan,
«kel» degani buyruqdan tashqari, o‘zi tomonga chorlash
ma’nosini ifodalasa, «ket» deganda o‘zidan uzoqlashtirish
ma’nosi bildirilgan.
Xuddi so‘z kabi gapning ham turi va xili, matndagi o‘rniga
qarab ma’nolari ko‘p.
(«Vatan tuyg‘usi»)
Dostları ilə paylaş: