271-mashq. G‘iyq, shildir-shildir, miyov, qah-qah, mo‘, piq-piq, lip so‘zlarini ma’no va tuzilish jihatdan turlarga ajrating. Ularning yozilishiga e’tibor bering. Shu so‘zlarni qatnashtirib gaplar tuzing. Savol va topshiriqlar 1. Takroriy taqlid so‘zlar qanday hosil qilinadi?
2. Takroriy taqlid so‘zlarning yozilishini tushuntiring.
3. Takroriy taqlid so‘zlar qanday ma’nolarni anglatadi? Misollar bilan
tushuntiring.
272-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko‘chiring. Taqlid so‘zlarni aniqlang. Ularning ma’no va tuzilishiga ko‘ra turini ayting. 1. Qo‘qqisdan o‘rmon kaptarlari g‘uv-g‘uvlab qolishibdi:
g‘uv, g‘uv, g‘uv. (H. Andersen) 2. Yum-yumaloq qasqonim
Baka-baka-bum. Bo‘ynimda mis marjonim, Baka-baka-bum.
(Anvar Obidjon) 3. Dildorning yuragi duk-duk urardi. (Said Ahmad) 4. Apil-tapil chaynadi u, Loy ekan, vuy, tfu, tfu.
(Hikmat Rahmat) 5. Sayroqilik qaytadan boshlandi: Va-vaq,
va-vaq, bit-bil-diq, bit-bil-diq. (Miraziz A’zam) 6. Paq-puq,
otdim, yiqil, – deb, Dushman tan olmas: – O‘qing Qiyshiq
ketdi, – deb nuqul. (H. Imonberdiyev)
MODAL SO‘ZLAR 1-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning gapda ifodalanayotgan
fikrga so‘zlovchining qanday munosabatini bildirayotganini aniqlang.
1. Darhaqiqat, siz to‘g‘ri ish qildingiz. (Omon Muxtor) 2. Afsuski,
rejadagi ishlar ko‘ngildagidek bajarilmadi. 3. Kanizak, aftidan, shuni
aytmoqchi emas edi, shekilli, noiloj «ha» dedi. (Abdulla Qahhor)
2-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning gapdagi joylashgan
o‘rni va qanday tinish belgilari bilan yozilganini izohlang.
? 9 – Ona tili, 7-sinf