131
MODAL SO‘ZLARNING MA’NO TURLARI
1-topshiriq. Albatta, afsuski, darhaqiqat, ehtimol, shekilli so‘zlari
ishtirokida gaplar tuzing.
2-topshiriq. Bu so‘zlar bayon qilingan fikrga so‘zlovchining
qanday munosabatini ifodalashini ayting.
Modal so‘zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish
fikrning tartibi, xulosasi kabi ma’nolarni bildiradi.
277-mashq.
Jadvaldagi misollar bo‘limini tegishli ma’no guruhiga mos
modal so‘zlar ishtirok etgan gaplar bilan to‘ldiring.
278-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, modal so‘zlarning ma’no turlarini
aniqlang. Ularning ishlatilishiga o‘z hayotingizdan misollar keltiring.
1. Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak. 2. Afsuski,
besh qo‘l barobar emas. Oramizda yomon
niyatli kimsalar ham
uchrab qoladi. 3. Ularga qarshi kurashish hammamizning
burchimiz, albatta. 4. Xayriyat, odamlarimizga
insof va diyonat
qaytib kelmoqda. 5. Xullas, biz ulug‘ odamlarning farzand-
!
Modal so‘zlarning
ma’nolari
Modal so‘zlar
Misollar
Ishonch
Albatta, shaksiz
Gumon
Ehtimol, chamasi,
shekilli
Tasdiq
Darhaqiqat,
haqiqatan
Fikrni xulosalash
Xullas, demak, umuman
Fikrning
tartibi
Avvalo, avvalambor
Fikrning dalillanishi
Masalan,
jumladan
Achinish
Attang, afsus
Quvonch
Xayriyat
132
larimiz. (
A. Oripov) 6. Qizlar jim edilar. Aravakash zerikdi,
shekilli, astagina ashula boshladi. (
Cho‘lpon) 7. Darhaqiqat,
Zulfiya she’riyati mardona she’riyat. (
E. Vohidov) 8. Balki, ustoz
Oybekdek to‘lib, Yozajaksan yangi bir doston. Balki, Habib
Abdulla bo‘lib, Sahrolarda ochajaksan kon. (
A. Oripov) 9. Me-
ning beshigimga otilgan ul o‘q Sizning umringizni uzgan, eh-
timol. (
A. Oripov)
Dostları ilə paylaş: