127
?
265-mashq.
Taqlid so‘zlarning tagiga chizing va ularning ma’no turini
aniqlang. Taqlid so‘zlarning ishlatilishiga o‘z hayotingizdan misollar
keltiring.
1. Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi.
(X. To‘x-
taboyev) 2. Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa
ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab
ketdi.
(O. Yoqubov) 3. Endi, ehtimol,
dir-dir qaltiragan bolalar
yuk ko‘tarishga yaramas edi, yaxshiyam Qo‘chqor bor ekan,
kutilmaganda ajoyib bir ish qildi.
(O. Yoqubov) 4. Boshidagi toj
yal-yal yonarmish.
(N. Aminov) 5.
Shu payt gurs-gurs oyoq
tovushlari eshitilib, ovlarda kabobpazlik qiladigan baqaloq bako-
vul ko‘rindi. (
O. Yoqubov) 6. Torgina
xonani xotin-xalajning
qiy-chuvi tutdi. (
O. Yoqubov) 7. Tongda ari gulga so‘zlar g‘uv-
g‘uv-g‘uv, Guljonim, asaling ber, sog‘indim-ku. (
Quddus Mu-
hammadiy) 8. Zum o‘tmay hovlida ship-ship ovoz eshitildi.
(
O. Yoqubov)
266-mashq.
Avval holatga taqlid so‘zlar, so‘ng tovushga taqlid so‘zlar
qatnashgan gaplarni ko‘chiring.
1. Shoikrom onasining barmoqlari
tars-tars yorilib ketganini
endi payqadi.
(O‘. Hoshimov) 2. Birovning oldiga borib «vov-
vov» qilib hursa, podshoh gunohkorni yetmish ikki darra urdirar
ekan.
(N. Aminov) 3. Albatta, yo‘l yaxshi bo‘lib, jadalroq
yurishsa,
sovuq uncha bilinmas, quloq-burunlarni «jaz-jaz»
chaqmas edi, lekin iz tushmagan yo‘ldan yurish mushkul.
(O.Yoqubov) 4. To‘rtta savag‘ich bilan tap-tap urib, par singari
qilib titibdi.
(Oydin)
267-mashq.
Qars-qurs, lip-lip, tars, yilt-yilt, ship, yarq, g‘
a-g‘
a, g‘
iyq
so‘zlarini ma’no guruhlariga ajrating va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Dostları ilə paylaş: