136
MUSTAHKAMLASH
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Yuklama deb nimaga aytiladi?
2. Yuklamalarning turlari haqida aytib bering.
3. Undov so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
4. Taqlid so‘zlarning tuzilishi va imlosi to‘g‘risida gapirib bering.
5. Modal so‘zlarga misollar keltiring.
6. Tasdiq va inkor so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
1-topshiriq. Gaplarni imlo qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chi-
ring. Yuklamalarning yozilishiga diqqat qiling.
1. Kimsan akam birpas qarab turdi (-da), indamay chiqib ketdi.
(
O‘. Hoshimov) 2. Tolibjon kula-kula, xo‘p dedim (-ku), – dedi.
3. – Samovar senga yoqdi (-mi), axir? (
Abdulla Qahhor) 4. Biz
uni changalzor botqoqlikdan chiqolmaydi, deb o‘ylagan edik.
Chiqibdi (-mi, -a)? 5. Muzaffar eshikni sharaqlatib ochib, pastga
tushdi.
– Toshkentdagi Rasul degan og‘aynimning uyini bilasan (-a)?
– Qaysi Rasul? Anovi kamgap professor (-mi)?
– O‘sha! Mana bu xatni ertalab o‘shanga yetkazasan.
– Siz (-chi)?
– Men bilan ishing bo‘lmasin! Bu yog‘i yaqin, o‘zim piyoda
ketaman. (
O. Yoqubov)
2-topshiriq. Berilgan so‘zlarning turkumini aniqlang va ular
ishtirokida og‘zaki gaplar tuzing.
Oh, nahotki, ey, kisht, obbo, iye, eh-he, hatto, milt-milt, sharaq-
shuruq, voy, tiq, dag‘-dag‘, ham, hattoki, beh-beh.
Dostları ilə paylaş: