kelishik qo‘shimchalarining qo‘shilishiga diqqat qiling. 1. Ularning ba’zilari akamning o‘rtoqlari edilar, men bilan
so‘rashdilar. (Abdulla Qodiriy) 2. Biz, yetimlar bir-birimizning
pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketamiz. (G‘afur G‘ulom) 3. Hotamjon jilmaydi: – Biz tomonlarda deyarli dim.
(O‘. Umarbekov) 4. Yuringlar, – dedi kampir o‘rnidan turib. Keyin
mening yelkamga qoqdi: – Sen ham yur, shirin bola. (O‘. Umar- bekov) 5. Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola
emasman. (X. To‘xtaboyev)
♦
♦
♦
♦
♦
289-mashq. Olmoshlarni aniqlang. Ularning gapdagi vazifalarini belgilang. 1. Belingni bog‘la, g‘ayrat bir-la mehnatga muhabbat qil,
O‘zingni, mehnatingni o‘zga yalqovlarga ibrat qil. (Habibiy)
2. O‘zgalar g‘amini chekmasa odam, unga noloyiqdir inson
degan nom. (Sa’diy) 3. Xudbinlik o‘z-o‘zini qatl qilishdir. U
yakka, mevasiz daraxtga o‘xshab qurib ketadi. (I. Turgenev)
4. Agar sen havoni to‘yib-to‘yib shimiray desang, tongda dera-
zangni kengroq och! (Otalar o‘gitidan) 5. Har kim o‘z qilmishiga
yarasha jazosini oladi. (Maqol)
290-mashq. Matnni o‘qing. Egalik va kelishik qo‘shimchalari va ularning imlosini tushuntiring. O‘zingizning o‘quvchilik yillaringiz haqida gapirib bering. O‘qish va yozishni qanday o‘rgangansiz? Ona tiliga doir hamma yozuvlarni chiroyli yozadigan, bu
darsdan hamisha a’lo baho oladigan bo‘ldim. Keyinchalik shuni
payqadimki, qaysi darsni chiroyli yozmasam, o‘sha darsdan
pastroq baho olar ekanman. Men avvallari «Bu darsni xush-
lamaganim uchun chiroyli yozishga hafsala qilmasam kerak»
deb o‘ylagan edim, yo‘q, chiroyli yozishga urinib qayta-qayta
ko‘chirish darsni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam berar ekan.
Shundan keyin boshqa darslarni ham chiroyli yozishga,
darsda shoshib yozgan yozuvlarimni chiroyli qilib ko‘chirishga
harakat qiladigan bo‘ldim. Bora-bora shunga odatlanib qoldim:
hamma darsdan a’lochi bo‘ldim. (Abdulla Qahhor)