Verska(1 128) 2017 yil p65


-mashq.  Matnda ishlatilgan so‘zlarning ma’nolariga e’tibor båring



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

312-mashq.
 Matnda ishlatilgan so‘zlarning ma’nolariga e’tibor båring.
Matndan olgan xulosangiz haqida gapiring.
Dångizchilar sayohat qilib yurib, xilvat bir orolga borib
qolishdi. Ulardan biri mahalliy xalq vakillaridan o‘ziga kårakli
narsalarni sotib olmoqchi bo‘ldi va unga tilla tanga bårdi. U
tangani qo‘lida tutib, aylantirib, hidlab, tishlab ko‘rdi. Bundan
håch qanday naf ko‘rmadi va uni egasiga qaytarib bårdi.
Dångizchiga esa: «Foydali narsaning o‘rniga foydasiz narsani
bårish yaramaydi», – dådi.
Dåmak, hamma narsa o‘z o‘rnida aziz.
313-mashq.
 Uyga vazifa. Matnda ishlatilgan so‘zlarga e’tibor qiling.
Muallifning gapiga qo‘shilasizmi?
Bir inson många: «Bu dunyo bir imorat, undan g‘isht olib
emas, bitta bo‘lsa ham g‘isht qo‘yib kåtgin», – dågan edi.
Mån hayotdan bahra olib, uning nå’matlaridan shunchaki rohat
qilib yashamoqchi emasman. Bunga haqqim ham yo‘q.
Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‘lsam, kimdir måndan
zulm emas, måhr topa olsa, bu måning eng katta yutug‘imdir.
(G. Ergashåva)


147
ISH QOG‘OZLARI USTIDA
ISHLASH
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi
32-umumta’lim maktabi direktori
X. Rahmonovaga 7-sinf o‘quvchisi
Odiljon Karimovdan
A R I Z A
Ota-onam bilan birga Xonqa tumani Yangiobod qish-
log‘iga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganimiz sababli meni
maktabning 9-sinfiga qabul qilishingizni so‘rayman.
2017-yil 10-avgust
(imzo)
O. Karimov
Toshkent shahar Yunusobod tumani-
dagi 17-ixtisoslashtirilgan maktabning
7-sinf o‘quvchisi, 2002-yilda tug‘ilgan,
millati o‘zbek Sohibova Azizaga
T A V S I F N O M A
Sohibova Aziza Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi
17-ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfida o‘qiydi.
Maktabda o‘qish davomida u intizomli, ziyrak, zukko va
tirishqoq o‘quvchi sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan
o‘rganishga harakat qildi. Ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix
fanlariga alohida qiziqdi. U 2016-yilning mart oyida «Bilimlar
sinovi»ning respublika bosqichida qatnashib, faxrli o‘rinni
egalladi.
A. Sohibova maktabning jamoat ishlarida faol qatnashadi,
«Yosh tilshunos» devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi.


148
U kamtarinligi, to‘g‘riso‘zligi va do‘stlariga mehribonligi
sababli sinfdoshlari hamda murabbiylari hurmatiga sazovor
bo‘lgan.
Tavsifnoma Yunusobod tuman hokimligiga taqdim qilish
uchun berildi.
Maktab direktori:
(imzo)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin