Verska(1 128) 2017 yil p65



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

kelishik shakllari – ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash
uchun xizmat qiluvchi shakllar
turlanish – ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda
hamda kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi
qaratqich – qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z
qaralmish – qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z


150
bog‘lamalar – ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi vositalar
mustaqil so‘zlar – atash ma’noli so‘zlar yoki ular o‘rnida qo‘lla-
nilib, ma’lum so‘roqlarga javob bo‘luvchi va gapda ma’lum gap
bo‘lagi vazifasida keluvchi so‘zlar
yordamchi so‘zlar – atash ma’nosiga ega bo‘lmagan, ma’lum
so‘roqqa javob bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasida kelmaydigan
so‘zlar
ko‘makchi – ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin
kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi so‘zlar
sof ko‘makchilar – atash ma’nosini tamoman yo‘qotib, faqat
o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat
qiladigan ko‘makchilar
vazifadosh ko‘makchilar – ayrim mustaqil so‘zlarning ko‘makchi
vazifasida qo‘llanilishi
bog‘lovchi – gapning uyushiq bo‘laklarini va qo‘shma gap tarki-
bidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiluvchi yor-
damchi so‘zlar
teng bog‘lovchilar – uyushiq bo‘laklar va gaplarni o‘zaro bog‘lab
keluvchi bog‘lovchilar
vazifadosh bog‘lovchilar – bir o‘rinda bog‘lovchi, boshqa o‘rinda
ko‘makchi, yuklama yoki modal so‘z vazifasida keluvchi yordamchilar
biriktiruv bog‘lovchilari – uyushiq bo‘laklarni va gaplarni o‘zaro
biriktirib keluvchi bog‘lovchilar
ayiruv bog‘lovchilari – o‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki
gaplardan birini boshqasidan ayirib ko‘rsatuvchi bog‘lovchilar
zidlov bog‘lovchilari – o‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uyushiq
bo‘laklar yoki gaplarni bir-biriga bog‘lab keluvchi bog‘lovchilar

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin