299-mashq. Matnni o‘qing, undagi asosiy fikrni topishga harakat qiling. Qo‘lida kitob ko‘targan, diqqat bilan kitob varaqlayotgan
bolani ko‘rsam, beixtiyor quvonib ketaman. Bu menga nurga,
ziyoga intilib bo‘y cho‘zayotgan niholni eslatadi. «Kitob –
oftob» degan hikmat bejiz aytilmagan. Ma’rifat va ziyoning
manbayi barcha zamonlarda kitob bo‘lib kelgan va bundan
keyin ham shunday bo‘ladi. (T. Adashboyev)
300-mashq. She’rni yodlashga harakat qiling. Undagi mazmunni qayta hikoya qilishga urinib ko‘ring. Men nur istab asrlardan asrlarga talpindim,
Bo‘ronlarda tulporlarning yollarini yopindim.
Ne bo‘lsa ham eng avval or-nomusimga topindim,
Mening birlan uyg‘oq o‘tgan intizor yulduzlarim,
O‘zbekiston tonglarini bedor kutgan ko‘zlarim.
Jonajonim deymu seni, O‘zbekiston, jonga jon,
Jonga jonim deymu seni, O‘zbekiston, jonajon,
O‘zbekiston – onajonim, O‘zbekiston – onajon,
Yorug‘ kunlar quyoshiday porlab ketgan yuzlarim,
O‘zbekiston tonglarini bedor kutgan ko‘zlarim.
(Sirojiddin Sayyid) 301-mashq. Matnni o‘qing, undagi asosiy fikrni toping. Uni qayta hikoya qilib bering. Inson uyni faqatgina bir boshpana yoki bir qo‘nalg‘a sifa-
tidagina qurmaydi. Balki uy farzandlar baxtini, kelajagini o‘ylab,
yurak-yurakdan tiklanadigan bir oliy koshonadirki, uni av-
lodlarga bir xotira sifatida qoldirgisi keladi. «Shu uyda chirog‘im
abadiy yonib tursin, to‘y-tomoshalar gurullasin!» degan buyuk
bir orzu bilan tiklaydi. Men ham shu ishga o‘zligimni baxsh
etdim. Bu uy, aslini olganda, onangizning va mening sizlarga
qoldirajak bisot-u merosimizdirki... buni xuddi shunday tushu-
nishlaringizni istayman. (J. Jabborov)
143
Savol va topshiriqlar 1. Matndagi asosiy fikrni belgilashda nimaga e‘tibor berish kerak?
2. Qayta hikoyalash deganda nimani tushunasiz?