302-mashq. Uyga vazifa. Otangiz yoki onangizdan eshitgan biron bir voqeani qayta hikoya qilib bera olasizmi? Shu haqda sinfdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing. TASVIRIY MATNNI QAYTA HIKOYA QILISH 1-topshiriq. Yoningizda birga o‘tirgan sinfdoshingizning tashqi
ko‘rinishini tasvirlab bering. Uning boshqa sinfdoshlaringizdan farqli
tomonlarini ayting.
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Gap nima haqida ketayotganini toping
va o‘zaro muhokama qiling.
Dunyoviy bilimlar, adabiyot, umuman, har qanday san’at
eshigiga yo‘l mana shu milliy boylikni anglashdan, o‘zingga,
ruhiyatingga singdirishdan boshlanadi. (Jabbor Eshonqul)
Tasviriy matn ko‘proq badiiy adabiyotga xos bo‘lgani uchun unda turli tasviriy vositalar qo‘llaniladi. Tasviriy matnni qayta hikoya qilishda ham ulardan foydalanish lozim. 303-mashq. Matnni o‘qing. O‘rik domlaning tasviriga e’tibor bering. Uning xatti-harakatlarini oqlaysizmi? Shu haqda bahslashing. O‘rik domlaga qiziqib qoldim. Bu odam haqida uncha-
munchani bilib olmoqchi bo‘lib, chaylada ikkovimiz qolgani-
mizda Burgutdan surishtirdim.
— Ajoyib odam. O‘zi o‘lgudek ezma. Tajanglikda tengi yo‘q,
o‘rikdan boshqa gapni bilmaydi. To‘y-po‘yga borib qolsa, ashula
eshitayotganlarning ensasini qotirib, o‘rikdan gap boshlaydi.
Asli otini haligacha hech kim aniq bilmaydi. Ammo O‘rik domla
desang, bo‘ldi, kattadan-kichik taniydi! Joni-dili – o‘rik.
Odamlar Kavkazga dam olgani borishsa, O‘rik domla danak
yig‘gani boradi. Bog‘ida dunyodagi o‘rik navining hammasidan
ko‘chat bor, deyishadi. (Said Ahmad)
?
144
304-mashq. «Yoshlik – umrning gullagan fasli» mavzusida matn tuzing.