295-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ular tarkibida kelayotgan yordamchi so‘zlarni topib, ma’nolarini tushuntiring. Tohir Malikning gapiga qo‘shi- lasizmi? 1. Tabiatga qo‘pol ravishda aralashish natijasida paydo
bo‘lgan kasalliklarni farmatsevtika zavodlarida ishlangan dorilar
bilan tuzatib bo‘lmaydi. (Tohir Malik) 2. Maktabga borayotib
papkamni ochdim-da, konvertni qo‘limga oldim. Xuddi xat
tashiydigan samolyotga o‘xshab, qo‘llarimni yoyib, maktabga
qarab chopdim. (P. Qodirov) 3. Komil bosh irg‘adi: – Havo
ochilyapti-ku! – Ochilishga ochilgan-u, ammo-lekin ayoz...
(O. Yoqubov) 4. Ba’zi kunlar bo‘ladiki, qovog‘idan qor yog‘ib
turadi, buning ustiga yana o‘n besh-yigirma daraja sovuq ham
bo‘ladi-yu, biroq odamga xush yoqadi. (N. Fozilov)
296-mashq. Gaplarni ko‘chiring, undov so‘zlarni topib, ularni izohlang. 1. Obbo! Kech tushib qolibdi-ku! Axir, uydan chiqqanimizda
peshindan o‘tgan edi. (Sh. Xolmirzayev) 2. Oh qadrdon
qalpoqcham, jonimning huzuri, maslahatgo‘yim! Sen borsan,
g‘am-tashvishim yo‘q, qornim to‘q, ustim but. (X. To‘xtaboyev)
3. Voy-bo‘y! – deydi bir nechalari bir og‘izdan. – Tosh akani,
Hoji akani bilamiz... (Oybek) 4. Chol ko‘zlari yumuq, boshini
quyi solib o‘tiradi. – Bay-bay-bay! Fuzuliy ajoyib shoir-da! –
deydi. (G‘afur G‘ulom)
297-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing. Taqlid so‘zlarni topib, ularning ma’nolarini izohlang. 1. Akram qafasni sekin ochdi. Kaklik o‘zicha «qiyq» deb
qo‘ydi. (P. Qodirov) 2. Qo‘chqor chinakam cho‘ponlarday
hushtak chalib: – Qurr, hayt! – deya hayqirdi... (S. Anorboyev)
3. Lampochkalar milt-milt yonib-o‘char edi. (A. Muqimov)
4. Duv-duv uchib keldi qushchalar, Darak berib go‘zal ba-
hordan. (N. Toshpo‘latov)