137
3. – G‘ozlar, bir so‘z deysizmi?
–
G‘a-g‘a-g‘a!
– Totli suli yeysizmi?
– Ha-ha-ha!
– Nega patni silaysiz?
–
G‘oq-g‘oq-g‘oq.
– Mendan nima tilaysiz?
– Boq, boq, boq.
(
Anvar Obidjon)
4. Hoy chopag‘on
bulutlar,
Yog‘sangiz-chi
duv-duv.
Gul bog‘imga, dalamga
Juda kerak suv-suv.
(
B. Yusupov)
4-topshiriq. Uyga vazifa.
Lapang-lapang, hoy, aftidan, xullas,
qiy-chuv so‘zlari ishtirokida gaplar tuzing va ularni izohlang.
OLMOSH, EGALIK VA KELISHIK
SHAKLLARI YUZASIDAN
O‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Olmosh qaysi so‘z turkumlari o‘rnida almashib kelishi mumkin?
2. Olmoshlarning qanday turlarini bilasiz?
3. Olmoshlar gapda qanday vazifalarni bajarib keladi?
4. Egalik shakllari va ularning imlosi haqida so‘zlab bering.
5. Sifatdosh va harakat nomlariga egalik qo‘shimchalarini qo‘shing.
6. Kelishik deb nimaga aytiladi?
7. Qaratqich va tushum kelishigining belgili va belgisiz ishlatilishiga
misollar keltiring.
8. Jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi qo‘shimchasining
imlosi
to‘g‘risida so‘zlab bering.
?