117
?
242-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarining
tagiga chizing va ularni izohlang. Bechinchi gapda aytilgan fikrga o‘z
munosabatingizni bildiring.
1. To‘g‘ri-da, u tengi bolalar papka ko‘tarib
maktabga
borishadi, uni esa «kichkina» deb xafa qilishadi. (
S. Mardiyev)
2. Xullas, hammasi ko‘ngildagidek borayotgan edi-yu, to‘satdan
ikkovlari
ham shaharga, o‘z uylariga qaytish fikriga tushib
qolishdi. (
X. To‘xtaboyev) 3. Nahotki, u meni rostdan ham
kutayotgan bo‘lsa! (
Yo‘ldosh Sulaymon) 4. Lekin ellik yil yo‘lda
hamroh bo‘lgan, birga o‘y surib, birga qog‘oz qoralagan
do‘stning ham aytadigan gaplari bordir, axir! (
Said Ahmad)
5. Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. (
Ibn
Sino) 6. U shunday
ehtiyotkorlik bilan emakladiki, hatto
qamishlar ham shitirlamadi. (
Said Ahmad) 7. Har yil bahor
kelganda, hatto toshga kirar jon. (
Mirtemir) 8. Sergaklikda
tiriklarning siz-ku eng tiriklari. (
Mirtemir) 9.
Bular ona yurtning
erkalari-da, Bular ertagi kun egalari-da! (
Mirtemir)
Dostları ilə paylaş: