115
236-mashq.
Matnni o‘qing. Ayiruv-chegaralov yuklamalari qatnashgan
gaplarni yozing. Yuklamalarning tagiga chizing.
1. Toki odamlar meni ko‘rmasin, faqat mehnatimni ko‘-
rishsin.
(Asqad Muxtor) 2. Bizni porloq kelajakka Mustaqillik
yo‘ligina eltadi. 3. Mehmon esa «buning o‘zi nima-yu, muo-
malasi nima bo‘lardi» degan ma’noda kulib qo‘ydi, xolos.
(Cho‘lpon) 4. Vaholanki, til davlat miqyosida qo‘llanilsagina
milliy til bo‘lib qoladi va ravnaq topadi.
(«Vatan tuyg‘usi» kito-
bidan) 5. Xotin, bu gaplar kitobdagina bor, xolos, hayot boshqa.
(S. Zunnunova)
237-mashq.
Gaplarni yozing. Yuklamalarni topib, ma’nosini izohlang.
1. U chaqqon harakat qilarkan, a’zoyi badani terlab ketgan,
faqat buni o‘zi payqamas, hatto bir so‘zni takrorlardi: «Menga
desa, otib yubormaydimi?» (
O‘. Hoshimov) 2. «Haqiqatni,
faqat haqiqatni aytaman» deb ont iching! (
X. To‘xtaboyev)
3. Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoladi, xolos.
(
Said Ahmad) 4. Keksa donishmandning soch-soqoligina emas,
qosh-kipriklari, egnidagi chakmoni – hammasi qorday oppoq
edi. (
O. Yoqubov) 5. Suvchilarning yuzin silab o‘t, Faqat yaxshi
tilak tilab o‘t. (
Mirtemir)
♦
♦
♦
♦
♦
238-mashq.
Faqat, -gina, -kina, xolos yuklamalarini qatnashtirib
gaplar tuzing. Ularning yozilishiga diqqat qiling.
Dostları ilə paylaş: