114
234-mashq.
Yozing. Yuklamalarning tagiga chizing. So‘roq yuklamala-
rini ajrating. O‘z nutqingizda yuklamalardan foydalanasizmi? Shunga e’tibor
bergansizmi?
1. Men bor-ku! – deb qichqirdi Akbarali kulib.
(Asqad
Muxtor) 2. Bola-chaqa omon ekanmi?
(Asqad Muxtor) 3. Nega
yo‘q bo‘larkan? Muattar Zokirovna-chi? Lobarxon-chi?
(X. Sultonov) 4. – Ba’zan ko‘cha-ko‘yda ham bir narsalarni
topib oladi-ya. – Bekor yurmay deydi-da!
(Sh. Bo‘tayev)
5. Xatini ham ololdingizmi? – dedi va sabrsizlanib Sodiqning
og‘ziga tikildi.
(Abdulla Qodiriy)
Savol va topshiriqlar
1. So‘roq yuklamalari haqida gapiring.
2. Nima uchun ular so‘roq yuklamalari deyiladi?
3. Ular gap mazmuniga so‘roq ma’nosi bilan birga yana qanday
ma’no yuklaydi?
235-mashq.
Uyga vazifa. -mi, -chi, ham, nahotki yuklamalarini
qatnashtirib, gaplar tuzing. Yuklamalar tuzgan gaplaringizga qanday ma’no
yuklayotganiga e’tibor bering.
AYIRUV-CHEGARALOV YUKLAMALARI
1-topshiriq. Berilgan gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z va qo‘-
shimchaning vazifasini ayting.
Faqat daraxtlar, ariqlar, ko‘priklar
gina tanish. (
Asqad Muxtor)
2-topshiriq. Faqat va
-gina (-kina, -qina) yuklamalarining
ma’nolarini tushuntiring.
3-topshiriq. Faqat yoki
-gina yuklamasini qatnashtirib, gaplar
tuzing.
Dostları ilə paylaş: