109
2. Kecha... kunduz aqliy mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan alloma
vaqtning qanday tez o‘tayotganini sezmas edi. (
Mirkarim Osim)
3. Sobirjonning
yoshi oltida, ... yoshiga nisbatan bo‘yi past. (
S. Mar-
diyev) 4. Ular qushchalarni, rang-barang baliqchalarni, oq ...
kulrang
quyonchalarni tomosha qilishadi. (
A. Azimova)
B o g ‘ l o v c h i l a r:
va, ammo, -u, -yu, goh... goh.
2-topshiriq. Matnni ko‘chiring. Bog‘lovchilarni topib, ularni izoh-
lang. Matndagi g‘oya haqida bahslashing.
Shavkat qushdagi o‘zgarishdan tashvishga tushdi. Otasidan buning
sababini so‘radi.
– Yorug‘
dunyodagi har bir maxluqot, avvalo, ozod va erkin
yashash uchun yaratilgan, – dedi Abduqodir aka.
– Unda odamlar nega hayvonlarni hamda qushlarni qo‘lga
o‘rgatishadi, qafasga solishadi?
– Bir vaqtlar odamzod ona tabiat bilan bir tan-u bir jon bo‘lgan,
endi esa tabiat ustidan zo‘ravonlikka o‘tdik,
buning oqibati yaxshi
bo‘lmaydi.
Shavkat uchun bu gap yangilik edi. (
Sh. Otaboyev)
3-topshiriq. Uyga vazifa. Gaplarni ko‘chiring. Bog‘lovchilarga
izoh bering.
1. Mol va boylikning umri qisqa,
tezda zavol topadi, ammo
yaxshi nom uzoq asrlar davomida o‘lmaydi. 2. Mirza Muhiddin goh
jiddiy gapirib, goh suyuqlik qilib, uni yuqoriroq o‘tirishga undardi.
(Abdulla Qahhor) 3. Razzoq so‘fining so‘zlari va Qurvonbibining
ishontirishlari ila Zebining ko‘ngli bir qadar tinchlandi.
(Cho‘lpon)
4. Ko‘pchilikning
yo akasi, yo o‘g‘li urushda.
(Said Ahmad)
Dostları ilə paylaş: