Verska(1 128) 2017 yil p65



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

Savol va topshiriqlar
1. Aniqlov bog‘lovchisi ishtirokida gaplar tuzing.
2. Nima uchun ya’ni bog‘lovchisi aniqlov bog‘lovchisi hisoblanadi?
Misollar bilan tushuntiring.
220-mashq.
 Uyga vazifa. «Non qadri» mavzusida hikoya yozing. Unda
bog‘lovchilardan foydalaning. Aniqlov bog‘lovchisining tagiga chizing.


107
!
Sabab
bog‘lovchilari
Aniqlov
bog‘lovchisi
Shart
bog‘lovchilari
SHART BOG‘LOVCHILARI
1-topshiriq. Quyidagi gaplarda nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi bog‘-
lovchilardan mosini qo‘yib, ko‘chiring.
1. .... (chunki, agar) ko‘klam qo‘ldan berilsa, oqibati nima
bo‘lishini aytdi. (Abdulla Qahhor) 2. Shundaylar bo‘lmasa ... (garchi,
agar) dunyoda, Bu qadar muhtaram bo‘lmasdi ayol. (A. Oripov)
2-topshiriq. Bu bog‘lovchilarning qo‘yilish sababini tushun-
tiring.
Agar, agarda, basharti, garchi singari bog‘lovchilar
shart bog‘lovchilari hisoblanadi.
221-mashq.
 Gaplarni o‘qing. Bog‘lovchilarni topib, jadvalga joy-
lashtiring. Kibr nima? Kibrli insonlarni qanday tasavvur qilasiz? Sinfingizda
shunday o‘quvchilar bormi?
1. Bunday mehnatkashni ko‘rmagan dunyo, Chunki u
asrimiz farzandi erur. (A. Oripov) 2. Agar do‘stlikni ham
bilmasa, asli, Kimga kerak, axir, inson degan nom! (A. Oripov)
3. Agar yo‘ldan ozib, bir xato qilsam, Kibr paydo qilsam, topi-
lur davo. (Shukrullo) 4. «Shu’lafizo» – shu’la orttiruvchi, ya’ni
kuchli shu’la hosil qiluvchi degani. (Alibek Rustamiy) 5. Agar
havoda chang va tutun bo‘lmasa edi, odam ming yil yashagan
bo‘lardi. (Ibn Sino)
222-mashq.
 Nuqtalar o‘rniga bog‘lovchilarning mosini qo‘yib, gaplarni
ko‘chiring.
1. ... ularning oldida sukut saqlab o‘tirsang, go‘yo bu gullar
uyqudan uyg‘onib allanimalar haqida shivirlayotgandek tuyu-
ladi. (Ch. Aytmatov) 2. Men bu ishga ... ko‘nganimda ham,
qizingizdan yashirmayman. (Abdulla Qodiriy) 3. ... birovga


108
kulib qarasa, o‘sha zahoti marhamat ko‘rgan kishining oldiga
borib, dum urib qiypanglarkan. (N. Aminov) 4. Lek hozircha
borman, omonman, Men yashayman, ... yomonman. (E. Vohi-
dov) 5. ... halolsen, Tilingni tiyma! Bitsin, yo‘qolsin «Sen men-
ga tegma!» (E. Vohidov) 6. Oltin qafas ichra ... qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish. (Alisher Navoiy)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin