Verska(1 128) 2017 yil p65



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

Savol va topshiriqlar
1. Yakka bog‘lovchilar ishtirokida gaplar tuzing.
2. Qanday bog‘lovchilar takror holda qo‘llanadi? Ular nimani
anglatadi?
3. Takror holda qo‘llanuvchi bog‘lovchilar yakka qo‘llanilishi ham
mumkinmi? Misol keltiring.
208-mashq. 
Uyga vazifa. Bog‘lovchilar qatnashgan gaplarni yozing.
Bog‘lovchilarning ma’nosiga va qo‘llanilishiga ko‘ra turini ayting.
1. Ishqilib yo ilmli, yo hunarli bo‘lish payida bo‘linglar.
(X. To‘xtaboyev) 2. Kim nima desa deyaversin. Lekin sarta-
roshlikdan yaxshi kasb yo‘q. (X. To‘xtaboyev) 3. Jomiy va Navoiy
o‘rtasidagi yakdillik va do‘stlik o‘zbek hamda tojik xalqlarining
birodarligi va do‘stligining yorqin timsolidir. (A. Qayumov)
4. Qo‘chqor akam bilan amakim ancha orqada qolib ketibdi.
(N. Fozilov)
ERGASHTIRUVCHI BOG‘LOVCHILAR
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning
vazifasi va ma’nosini tushuntiring.
1. Agarda uning yonida usta Olim bo‘lmaganda edi, ehtimol,
u qay vaqtlargacha serrayib qolar edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Hunar
o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir. (Nizomiy)
O‘zaro tobe munosabatida bo‘lgan gap bo‘laklari va
gaplarni bog‘lash uchun ishlatiladigan bog‘lovchilar
ergashtiruvchi bog‘lovchi sanaladi.
Chunki, ya’ni, agar, garchi singari so‘zlar ergash-
tiruvchi bog‘lovchilardir.





209-mashq.
 Jadval asosida ergashtiruvchi bog‘lovchilarning turlari
haqida so‘zlang.
?
!


103
210-mashq.
 Bog‘lovchilarni ajrating. Ularning turini ayting va gaplar
tuzing.
Faqat, ammo, uchun, juda, asta, chunki, hozir, sal, ya’ni,
so‘ng, lekin, hamda.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin