Verska(1 128) 2017 yil p65


! 7 – Ona tili, 7-sinf 98 199-mashq



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

!
7 – Ona tili, 7-sinf


98
199-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring, zidlov bog‘lovchilarini aniqlab, ularning
gapdagi vazifalarini tushuntiring. Navro‘z haqida bilganlaringizni aytib
bering.
1. Mamlakatimizda bayramlar ko‘p, lekin Navro‘zning taro-
vati, shukuhi o‘zgacha. (D. Hayitova) 2. Ma’nisiz hayot kechirish
yomon turmush kechirish degani emas, ammo sekin-asta o‘lish
demakdir. (Demokrit) 3. Yo‘qchilik g‘ayratli, ishchan odamning
eshigidan mo‘ralaydi-yu, ichkariga kira olmaydi. («Hikmat-
noma»dan) 4. Dunyoda kasblar ko‘p, biroq odamiylik kasbi
hammasidan ulug‘dir. (Gazetadan) 5. Vaqt tig‘iz-ku, lekin ancha
turgim bor. (Mirtemir) 6. Qancha yo‘llar bosdim, gohida toldim,
Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard. (Mirtemir)
200-mashq.
Balki so‘zi bog‘lovchi vazifasida kelgan gaplarni
daftaringizga yozing. Beshinchi gapdagi mavzu bo‘yicha munozara uyush-
tiring.
1. Bo‘rondan so‘ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi,
balki yana ko‘paydi. (Sh. Rashidov) 2. Xalqni qo‘rqitgan emas,
balki xalq dardiga sherik bo‘lgan odam marddir. 3. Sobir
nafaqat o‘qishda, balki sportda ham eng faol o‘quvchi. (M. Qo-
simova) 4. Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa
deyayotgandir. (O‘. Hoshimov) 5. Inson go‘zalligi bilan emas,
balki mehnati bilan kamol topadi. (M. Qosimova)
Savol va topshiriqlar
1. Zidlov bog‘lovchilari o‘zaro qanday munosabatda bo‘lgan bo‘-
laklarni bog‘laydi?
2. Zidlov bog‘lovchilarini sanang. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
201-mashq.
 Uyga vazifa. Bog‘lovchilar ishtirokida gaplar tuzing, qanday
bog‘lovchidan foydalanganingizni ayting.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin