Verska(1 128) 2017 yil p65



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

Savol va topshiriqlar
1. Qanday bog‘lovchilar ayiruv bog‘lovchilari hisoblanadi?
2. yo, yoki, yo . . . yo bog‘lovchilari nima maqsadda qo‘llaniladi?
3. goh . . . goh, bir . . . bir, dam . . . dam bog‘lovchilari qanday
ma’noni yuzaga chiqaradi? Misollar bilan izohlab bering.
197-mashq. 
Uyga vazifa. Rasm asosida «Vatanimizni ko‘z qorachig‘iday
asraymiz» mavzusida matn tuzing. Unda ayiruv bog‘lovchilaridan foy-
dalaning. Vazifasini tushuntiring.
?


97
ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI
1-topshiriq. Berilgan gapdagi nuqtalar o‘rnida ammolekinbiroq
bog‘lovchilarini o‘zaro almashtirib qo‘llab ko‘ring.
Hamma gullarning hidi bor, ... rayhonning hidi bo‘lakcha.
2-topshiriq. Bu bog‘lovchilarning o‘zaro qanday ma’noli so‘z va
gaplarni bog‘lab kelishini aniqlang.
O‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uyushiq bo‘laklar
yoki gaplarni bir-biriga bog‘lab keluvchi ammolekin,
biroq bog‘lovchilari zidlov bog‘lovchilari sanaladi.
 Balki so‘zi ko‘pincha zidlov bog‘lovchisi vazifasida
qo‘llanadi. Masalan: Bu jarang-jurung ovozlar uning
gashini keltirmas, balki xayolini chalgitib, unga orom
bagishlardi. (M. Karim)
Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘-
yiladi.
198-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring. Bog‘lovchilarning tagiga chizib,
ularning turini ayting. Sabr-bardosh deganda nimani tushunasiz? Shu haqda
fikr bildiring.
1. U turmushidan, o‘tgan umridan rozi, lekin ana shu rozili-
gini tushuntirib berolmas edi. (S. Zunnunova) 2. Agar o‘sha
qizning ro‘molchasiga solgan somon va qand orqali nima
demoqchiligini bilmasang, bor davlatingga o‘t qo‘yaman.
(Ertakdan) 3. Qurvonbibi bir ko‘cha eshigiga, bir yonboshdagi
daraxtlar orasidan ko‘tarilib kelayotgan quyoshga, bir o‘choq-
boshidagi qiziga qaradi. (Cho‘lpon) 4. Bir o‘lka bor dunyoda,
biroq Yozilmagan dostondir bori. (A. Oripov) 5. Yosh Farhod-
ning fikri quyosh kabi yorug‘, lekin ko‘nglidagi ravshanlik undan
ham ortiq. (E. Vohidov) 6. Har mushkulga bardosh berar, Chidar
mening tosh boshim, Ammo sokin, tinch yashashga Sira yo‘q-
dir bardoshim. (E. Vohidov)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin