Verska(1 128) 2017 yil p65


-mashq. Chunki, negaki bog‘lovchilari ishtirokida «Hunar ado



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

215-mashq.
Chunki, negaki bog‘lovchilari ishtirokida «Hunar ado
bo‘lmas boylikdir» mavzusida matn tuzing.
216-mashq. 
Sabab bog‘lovchilari qatnashgan gaplarni yozing.
1. Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu bur-
chida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar,
ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. (O‘. Hoshimov). 2. Bu
xabar unda hech qanday norozilik tug‘dirmadi, chunki ertaroq
qaytishga juda ham orzumand emas edi. (Abdulla Qahhor)
3. Nega u siznikida yuradi? – Negaki boradigan joyi yo‘q.
(S. Zunnunova)
Savol va topshiriqlar
1. Qanday bog‘lovchilar ergashtiruvchi bog‘lovchilar deb ataladi?
2. Sabab bog‘lovchilarini ayting. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
3. Nima uchun bu bog‘lovchilar sabab bog‘lovchilari deyiladi?
217-mashq.
Uyga vazifa. O‘zingiz sevgan badiiy asardan sabab
bog‘lovchilari ishtirok etgan 6 ta gap yozing.
?


106
!
?
ANIQLOV BOG‘LOVCHISI
1-topshiriq. Gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zning vazifasi va
ma’nosini aniqlang.
Julqunboy, ya’ni Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining
asoschisidir.
2-topshiriq. Ya’ni bog‘lovchisining qaysi o‘rinda qo‘llanilishi va
tinish belgilarini tushuntiring.
Ya’ni bog‘lovchisi aniqlov bog‘lovchisi sanaladi.
Yozuvda ya’ni bog‘lovchisidan oldin doimo vergul
qo‘yiladi.
218-mashq.
 Aniqlov bog‘lovchisini qatnashtirib, to‘rtta gap yozing.
Bog‘lovchining tagiga chizing. Shirinso‘zlik deganda nimani tushunasiz?
Shu haqda fikr bildiring.
219-mashq. 
Aniqlov bog‘lovchisining tagiga chizing.
1. U ilonni aldagani uchun, ya’ni unga dunyodagi eng tansiq
taom insonniki emas, qurbaqaning go‘shti ekanini aytgani
uchun ta’qibga uchragan emish. («Turfa rang tabiat» kitobidan)
2. Bu holda mazkur so‘zlar adabiy ilmlarni, ya’ni til va adabiyot
bilan bog‘liq ilmlarni anglatadi. 3. Tilning bilish borasidagi
ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma’rifatni, ya’ni
bilishning eng oliy martabasini ham o‘z ichiga oladi. (Alibek
Rustamiy) 4. O‘sha davrlarda adabiyot tarixi darsi xronologik
va tematik xarakterga ega emas edi, ya’ni adabiyot tarixi dars
sifatida o‘tilmasdi. (S. Dolimov) 5. Til o‘z vazifasini bajarmasa,
qo‘l ishga tushadi, ya’ni insoniy munosabat o‘rnini hayvoniy
xatti-harakat oladi. (Omon Muxtor)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin