116
Savol va topshiriqlar
1. Qanday yuklamalar ayiruv-chegaralov yuklamalari deyiladi?
2.
-gina, (
-kina, -qina) qo‘shimchasi yana qanday xususiyatga ega?
Misollar bilan tushuntiring.
240-mashq.
Uyga vazifa. -gina yuklamasi va -gina erkalash
qo‘shimchasini bir-biridan farqlovchi so‘zlar qatnashgan gaplar yozib,
ularning farqini tushuntiring.
KUCHAYTIRUV-TA’KID
YUKLAMALARI
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi yuklamalarni tushirib qoldiring.
1. O‘shanda dadam ham frontda edilar. (
O‘. Umarbekov) 2. Necha
marta uchrashay dedim-ku. (
Oybek) 3. Yurtimiz yaqin kunlarda
bundan-da go‘zalroq, bundan-da farovonroq bo‘lishiga ishonaman.
(
I. To‘lakov)
Gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini
kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-
ta’kid yuklamalari hisoblanadi.
Hatto, nahotki, ham, g‘irt singari so‘zlar, -ku, -u
(-yu), -da, -oq (-yoq) qo‘shimchalari kuchaytiruv-ta’kid
yuklamalaridir.
Dostları ilə paylaş: