YUKLAMA HAQIDA MA’LUMOT
1-topshiriq. Berilgan gaplarning bir-biridan nimasi bilan farq
qilayotganini izohlang.
Dalalarda boshlanadi ish. (Hamid Olimjon) – Dalalarda ish
boshlandimi? – Dalalarda ish boshlandi-ku. – Axir, dalalarda ish
boshlandi. – Dalalarda ish boshlandi-da. – Dalalarda ish
boshlangandir.
110
2-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z va qo‘shimchalarning gap
mazmuniga qanday ma’no yuklayotgani haqida fikr yuriting.
So‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid, ayirish-chega-
ralash, gumon, o‘xshatish, inkor kabi ma’nolarni
yuklovchi so‘z va qo‘shimchalarga yuklamalar deyiladi.
Yuklamalarga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi,
go‘yo, go‘yoki, naq, hech, sira, nahotki, na ... na so‘ zlari;
2) -mi, -chi, -gina (-kina, -qina), -dir, -u, -yu,
-da, -a singari qo‘shimchalar kiradi.
Ularning birinchi guruhi so‘z-yuklamalar, ikkinchi
guruhi esa qo‘shimcha-yuklamalar sanaladi.
225-mashq.
Jadval asosida yuklamalarning ma’no turlari haqida
gapiring.
226-mashq.
Berilgan gaplarda -u (-yu), -da, na... na yordamchi-
larining qaysi o‘rinda bog‘lovchi, qaysi o‘rinda yuklama vazifasida kel-
ganini aniqlang.
1. Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham,
keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab
ketdi. ( O. Yoqubov) 2. Biladilar-da bu kishi. Yovlar bilan
olishgan-a! ( O. Yoqubov) 3. Mana endi daradan chiqar-chiq-
mas, uning isitmasi ko‘tarilib, ko‘z oldini g‘alati tuman
Yuklamalarning ma’no turlari
Yuklamalar
So‘roq-taajjub yuklamalari
-mi, -chi, -a (-ya)
Kuchaytiruv-ta’kid
hatto, -ku, ham, nahotki, -u (-yu),
yuklamalari
-da, -oq (-yoq), axir, g‘irt
Ayiruv-chegaralov
faqat, -gina (-kina, -qina),
yuklamalari
atigi
O‘xshatish-qiyoslash
go‘yo, go‘yoki, xuddi, naq
yuklamalari
Gumon yuklamasi
-dir
Inkor yuklamalari
hech, sira, na... na
!
111
qoplab oldi-yu, hamma narsa tushday tuyula boshladi.
( O. Yoqubov) 4. Men-ku yolg‘iz edim, Na otam, Na onam,
na oilam bor... ( E. Vohidov) 5. Na so‘ngiga yetoldi ishning,
Na dunyoni anglab ulgurdi. ( E. Vohidov) 6. Dunyoga to‘z-
g‘iding bamisoli par, Na saljuq, na Chingiz qilmadi shafqat.
(A. Oripov) 7. Hozir kelaman dedim-u, loy kechib uyga yugur-
dim. ( Said Ahmad) 8. Charchadim. Nahotki, siz ham meni
o‘ylamasangiz. ( Omon Muxtor)
Dostları ilə paylaş: |